Qozog‘iston uchun O‘zbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim - Bozumbayev

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil yakunigacha Qozog‘iston 400 ming tonnagacha eksport qilishni rejalashtirmoqda. 2019-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1-1,2 million tonna bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Qozog‘istonga oktabr-noyabrda benzin eksportini boshlashi juda muhim. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma’lum qildi. 

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

Bundan avval "KazMunayGaz" kompaniya boshqaruv raisi Daniyar Tiyeso so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston kuzda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni kutayotganligini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yil yakunigacha Qozog‘iston 400 ming tonnagacha eksport qilishni rejalashtirmoqda. 2019-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 1-1,2 million tonna bo‘lishi mumkin.

Vazir benzin eksport qilishni boshlanishi uchun Rossiya bilan ba’zi bitimlarni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.

U Qozog‘iston ilgari Rossiyadan benzin bojxona to‘lovlarisiz olib kirilganligini eslatdi. 

“Buning uchun biz Rossiyaga benzin eksport qilmasligimiz bo‘yicha majburiyat berganmiz”, - deb ta’kidladi vazir matbuot anjumanida.

Vazirlik rahbari bugungi kunda respublikada benzin profitsiti hosil bo‘ldi. Bu uning narxini pasayishiga olib keldi.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga import qilingan benzin kerakmi?

“Zavod modernizatsiyadan so‘ng, bu deyarli o‘z yakuniga yetdi. Chimkentdagi neftni qayta ishlash zavodi shu kunlarda ishga tushiriladi. Bizda toza neft mahsulotlari ko‘payadi. Shunga ko‘ra, benzin ham juda ko‘p bo‘ladi. Buning uchun oktabr-noyabrda eksport qilishni boshlashimiz juda muhim yoki biz bu qurilmani yana to‘xtatib qo‘yamiz”, - dedi Bozumbayev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Rossiya bilan ushbu yo‘nalishda ish olib bormoqda.

“Hozir Rossiya hukumatida ikki davlat vazirliklari o‘rtasida bitim loyihasi kelishuvda turibti. Rossiya hukumati mening hamkasbim Aleksand Novakga bitimni imzolashga vakolat bersa, umid qilamizki, bu bir ikki haftada hal bo‘ladi. Bir yarim oy oldi Qozog‘iston hukumati qarori bilan menga tegishli vakolat berilgandi”, - dedi vazir.

Bozumbayev so‘ziga ko‘ra, Qozog‘iston benzin eksport qilinadigan davlatlar bilan bitimlar imzolanadi.

Yangiliklar lentasi
0