O‘zbekistonda svet va gaz bo‘yicha qarzdorlik 5 trillion so‘mdan oshib ketdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishGaz va energiya
Gaz va energiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarzdorlar bilan ishlar jadallashtirilishi hamda zamonaviy hisoblagichlar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish natijasida vaziyat keskin o‘zgaradi

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan elektr energiya va tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik miqdori 5 trillion so‘mdan oshib ketdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi direktor o‘rinbosari Jasur Oripov Xalqaro Press klub yig‘ilishida.

Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatik tarzda hisobga olish tizimi takomillashtiriladi

Oripovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda qarzdorlar bilan ishlar jadallashtirilishi hamda zamonaviy hisoblagichlar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etilishi natijasida vaziyat keskin o‘zgaradi.

"Qarzdorlik bilan kurashishda energiya resurslari uchun pul to‘lash bo‘yicha yangi tartib ham yordam beradi. Unga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar iste’mol qilinadigan resurslar uchun 100 % oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan to‘lov to‘lanmagan hollarda, iste’molchilarga nisbatan elektr va gaz tarmoqlardan uzishgacha choralar ko‘rilishi mumkin", — deb ta’kidladi Majburiy ijro burosi direktori o‘rinbosari.

Yangi tartib qoidalar jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi. Jumladan, iste’molchi — jismoniy shaxslar har oyning 10 —sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart. Qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste’molchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentning 2017-yil 29-maydagi farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro burosi tashkil etilgan edi. Yangi buro energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish hamda sud qarorlarini ijro etilishini nazorat qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0