Xavfsizlik yo‘lida: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

© Press-slujba Minoboroni RUzVoyenoslujashie RF i RUz
Voyenoslujashie RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasidagi so‘nggi o‘quv mashg‘ulotlari Forish poligonida 2005-yilda tashkil etilgan edi. 12-yillik tanaffusdan keyin o‘tgan yilning oktabrida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Harbiy sohadagi hamkorlik bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ikki davlat qurolli kuchlari hamkorligi bo‘yicha tahliliy maqolani e’lon qildi.

Vizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘iston va Rossiya harbiy delegatsiyalarini qabul qildi

Harbiy hamkorlik rejasi

2000 yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida har yili imzolanadigan Harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida tomonlar tezkor va jangovar tayyorgarlik, ta’lim, harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, harbiy kadrlarni tayyorlash, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, havo kemalari harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida ikki mamlakat hududida 300 ga yaqinhamkorlik tadbirlari o‘tkazilgani, buning isboti.

Bundan tashqari ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik yo‘lida normativ-huquqiy baza ham yaratilgan. Bu esa davlatlararo, hukumatlar va idoralararo imzolangan o‘ttizdan ortiq hujjatda o‘z aksini topgan.

Munosabatlardagi yangi sahifa

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ta’kidiga ko‘ra, ayniqsa, so‘nggi ikki yil ikki davlat alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Forishda O‘zbekiston-Rossiya harbiy mashqlari boshlandi

2017 yilning oktabrida Jizzax viloyatidagi "Forish" tog‘ dala o‘quv maydonida 12-yil deganda birinchi marotaba Rossiya hamda O‘zbekiston kuchlari bo‘linmalari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazildi.

Bundan oldin O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasidagi so‘nggi o‘quv mashg‘ulotlari aynan mana shu poligonda 2005-yilda tashkil etilgan edi. 12-yillik tanaffusdan keyin qo‘shma mashg‘ulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Qo‘shma mashg‘ulot davomida harbiylar shartli terrorchilar guruhini qidirib topish va ularni yo‘q qilish, shuningdek, murakkab tog‘li hududlarda maxsus operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro tajribalari bilan almashdilar.

2017 yilning o‘zida yana ikkita diqqatga sazovor hodisa ro‘y berdi. Birinchidan, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi qoshida harbiy attashe lavozimi joriy etildi.

Ikkinchidan, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Rossiya maslahatlashuvlarining 5-bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Shoygu poprosil kolleg iz SNG pomoch v sozdanii multimediynogo muzeya VOV - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Shoygu MDH mudofaa vazirlari nimalarga kelishishgani xususida

2018 yilning 21-may sanasida Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov kutib oldi.

Tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlik va uning istiqbollarini muhokama qilib, harbiy-texnika yo‘nalishida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashgan edilar.

Shu yilning 12-oktabr kuni O‘zbekiston va Rossiya mudofaa idoralari rahbarlari yana bir bor Toshkentda uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakatning mudofaa sohasiga oid masalalarini hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri bilan suhbatda rossiyalik harbiy mutaxassislar bilan qo‘shma tadbirlarni o‘rkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonva Rossiya mudofaavazirlari tomonidan 2019-yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasihamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0