Forishda O‘zbekiston-Rossiya harbiy mashqlari boshlandi

© Press slujba Minoboroni RUzNachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya
Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochilish marosimi doirasida ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining "Forish" tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston hamda Rossiya Mudofaa vazirliklari hamkorligida o‘tkaziladigan maxsus taktik-o‘quv mashqlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uzbekskie voyennie vo vremya ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiylari Jizzaxda hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishadi

Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirining o‘rinbosari — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor P. Ergashev, Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor R. Minnekayev, ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega ekanligini e’tirof etdilar. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi namoyish qilindi.

© Press slujba Minoboroni RUzRossiya va O‘zbekiston harbiylarining hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari
Nachalis uzbeksko-rossiyskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harbiylari uchun qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0