Uzcard Litvaning ASHBURN kompaniyasi bilan strategik hamkorlik o‘rnatdi

Obuna bo‘lish
Shartnomaga asosan, bir necha yil davomida 50 000 dan ortiq POS-terminallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Uzcard Litvaning ASHBURN International kompaniyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Yagona protsessing markazi.

Uzcard bilan imzolangan 10-yillik kelishuv doirasida ASHBURN tomonidan O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan TransLink.iQ nomli dasturiy ta’minot o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, kelishuvga asosan yangi to‘lov terminallarini yetkazib berish va Yagona umumrespublika protsessing markazining hamkorlari bo‘lmish, mamlakatimizda o‘z foaliyatini olib borayotgan 28 ta bank tomonidan taqdim etiluvchi  POS-terminallar uchun 250 000 dan ziyod ruxsatnomalarning sotuvi nazarda tutilgan.

Shuningdek, bir necha yillar davomida TransLink.iQ platformasiga yiliga 50 000 dan ortiq POS-terminallar o‘rnatilishi ham ko‘zda tutilgan.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
UzCard faoliyati qayta tiklandi

TransLink.iQ dasturiy ta’minotining afzalliklari qatorida, uning turli rusumdagi POS-terminallar bilan muvofiq tarzda ishlash qobiliyati, biznes-xarajatlarni optimallashtirish, dasturiy ta’minotlarning yangilanishi hamda POS-terminallar tarmoqlarini real vaqtda masofada turib monitoring qilish va boshqarish imkoniyati mavjudligi ham muhim omillardan hisoblanadi.

Platforma kriptografik kalitlarni avtomatlashtirish, masofadan ekvayring tarmog‘ida ehtimolli nosozliklarni ruyxatdan o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish imkoniyatini beradi. TransLink.iQ xalqaro to‘lov tizimlari, EMV va PCI havfsizlik talablariga javob beradi. Bu esa o‘z navbatida, karta egalariga tegishli ma’lumotlarning havfsiz saqlanishini ta’minlaydi.

ASHBURN International kompaniyasi Penki kontinentai tashkiloti guruhi a’zosi hisoblanib,  POS-terminallar tarmog‘ini monitoring qilish va boshqarishni ta’minlash, tranzaksiyalar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazish, tranzaksiyalar jarayonida ma’lum pul mablag‘ini karta egasiga qaytarish kabi vazifalarni bajaruvchi ishlanmalarni taqdim etadi.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
UzCard kartalardagi pullar xavfsiz saqlanayotganini ma’lum qildi

Kompaniya tomonidan ijara xizmatlari, bank qurilmalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatilib kelinadi. Shuningdek, ASHBURN International kompaniyasi Boltiqbo‘yi, O‘rta Osiyo va Kavkaz orti davlatlari orasida POS-terminallar ishlab chiqarish sohasida mamlakat bo‘ylab yirik ishlab chiqaruvchisi Ingenico Group kompaniyasining rasmiy hamkori hisoblanadi.

Kompaniya tomonidan taqdim etiluvchi dasturiy ta’minot  va qurilmalari sertifikatlangan va VISAInternational, Mastercard Incorporated, American Express, Diners Club International, JCB va UnionPay International xalqaro  tashkilotlar tomonidan belgilangan  EMV standartlari talablariga javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0