UzCard faoliyati qayta tiklandi

Obuna bo‘lish
Ayni damda O‘zbekiston hududida bank kartalari orqali to‘lovlar va tranzaksiyalar amalga oshirish mumkin. 

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. UzCard faoliyati qayta tiklandi, deb xabar qildi mahalliy bank kartalar operatori. 

Ayni damda bank kartalari orqali to‘lovlar va tranzaksiyalar amalga oshirish mumkin. Ushbu ma’lumot Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i ma’muriyati tomonidan ham rasman tasdiqlandi. 

"UzCard tizimida "noxush hodisa" yuz berganidan so‘ng kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan uni bataraf etish va protsessing markazi faoliyatini tiklash hamda kartalardagi ma’lumotlarni saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rildi. Shuningdek ushbu hodisa yuzasidan taftish o‘tkazildi. tizimni qayta tiklash uchun o‘z mutaxassislarimizdan tashqari hamkor kompaniyalardan ham mutaxassislar taklif qilindi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida barcha texnik va dastur muammolari bartaraf etildi. Ayni damda UzCard tizimi faoliyatini to‘liq tiklash uchun bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda" - deyilgan kompaniya xabarida. 

Shuningdek, UzCard o‘z xabarida "ko‘ngilchan O‘zbekiston xalqidan ushbu vaziyatga tushunish bilan qarashga va tizimini qayta tiklashga yordam berayotgan soha vakillariga nisbatan rahmdil bo‘lishga" chaqirgan.   

Eslatib o‘tamiz, butun O‘zbekiston bo‘ylab bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirish tizimi faoliyati shanba kuni soat 18:52da buzilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0