UzCard kartalardagi pullar xavfsiz saqlanayotganini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzCard o‘z mijozlarini hisob raqamida “0” so‘m ko‘rsatilayotganidan xavotir olmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Yagona prsessing markazi bir sutkadan ortiq vaqt davomida ishlamayotgan bo‘lsada UzCard o‘z mijozlariga bank kartalardagi pullar xavfsiz saqlanayotganini xabar qildi.  

“Hurmatli karta egalari! Yagona umumrespublika protsessing markazi tizimida  2018-yil  15-sentabri, kechki soat 18:52 da texnik nosozlik kuzatildi. Markazimiz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Mobil to‘lov tizimlari pul mablag‘lariga tegishli ma’lumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar havfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Facebookdagi “Potrebitel.uz” guruhida bank kartalar egalari hisob raqamlarida “0” so‘m ko‘rsatilayotganinidan xavotir olayotgani haqida xabarlar joylashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0