TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya pravoslav cherkovi (RPCh) Konstantinopol Xristian dini markazi maqomini yo‘qotdi, deb e’lon qildi Moskva patriarxati mitropoliti Ilarion Volokolamskiy.
“Bizda endi pravoslav cherkovining yagona korrdinatsion markaz yo‘q. Biz buni yaxshi tushunib olishimiz kerak. Konstantinopol patriarxati pravoslav cherkovlari markazi sifatida o‘z maqomini yo‘qotdi”, - dedi Moskva mitropoliti Birinchi kanali efirida.
Diniy ulamo aytishiga qaraganda bir necha o‘nlab yillar davomida Moskva patriarxati Konstantinopol patriarxati tomonidan tashkil qilingan Umumpravoslav majlislarda ishtirok etib kelgan.
“Lekin o‘zga cherkov ta’sir hududiga bostirib kirib, ularning ajralib chiqishini qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng Konstantinopol patriarxati pravoslav cherkovlarining koordinatsion markazi sifatida o‘z maqomini yo‘qotdi”, - dedi Illarion.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina oxirgi yillar davomida Rossiya pravoslav cherkovidan ajralib chiqish – avtokefaliya so‘rab Konstantinopolga maktub yo‘llagan edi. Rossiya cherkovi, albatta bunga keskin e’tiroz bildirgan va yangi cherkovni tan olmasligini e’lon qilgan edi.
Shuningdek, Konstantinopol 17-asrda (1686 yilda) Kiyev xristianlarini Rusi pravoslav cherkoviga qo‘shib olish haqidagi qarorini “noqonuniy” deb e’lon qildi.
2014 yilda Ukrainada sodir bo‘lgan ommaviy betartibliklar va hukumat almashuvidan keyin, ushbu mamlakatda rus tili, Rus pravoslav cherkovi, Rossiya biznesiga qarshi keskin kurash boshlangan edi. Siyosatshunos ekspertlari fikriga ko‘ra, ushbu harakatlar ortida, bir necha yil tinch-totuv qo‘shni bo‘lib yashab kelgan ukrain va rus xalqlarini bir-biridan mutlaq ajratishdir.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ukrain tili va Ukraina fuqarolariga nisbatan hech qanday bosim yoki dushmanlik harakatlari amalga oshirilgani yo‘q. Aksincha, Rossiya hukumati Ukrainadan ko‘chib kelganlarga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik olish tartibini joriy qilgan.