Pravoslav nasroniylar Rojdestvo bayramini kutib olishdi

Obuna bo‘lish
Besh mingga yaqin o‘zbekistonlik pravoslav nasroniylar 6-yanvar tunda Rojdestvo bayramini Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida kutib olishdi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Besh mingga yaqin pravoslav nasroniylar 6-yanvar tunda Rojdestvo bayramini kutib olish uchun Toshkentdagi bosh cherkovga kelishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Toshkent va O‘zbekiston pravoslav yeparxiyasi xabariga asosan.

Matbuot kotibi Mixail (Stolyarov)  xabariga ko‘ra, Avliyo-Uspensk soborida bo‘lib o‘tgan tungi ibodatda, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy o‘zining bayram yo‘llanmasida 2016-yilda O‘rta Osiyo pravslav yeparxiyasi faoliyatiga 145-yil to‘lganini esga olgan.

Toshkentda Rojdestvo bayrami munosabati bilan 7-15 yanvar kunlari Avliyo-Uspensk soborida rojdestvo archa bayramlari bo‘lib o‘tadi. 9-yanvar kuni esa Rus akademik drama  teatrida rojdestvo konserti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, Rojdestvo tunida pravoslav cherkovlari va qabristonlari yaqinidagi barcha hududlar uzuluksiz yoritilib, transport yetib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, nasroniylar uchun Rojdestvo — yilning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Sharqiy Yevropa va Rossiyada yashayotgan pravoslav nasroniylari Rojdestvo bayramini 7-yanvarda nishonlaydi. G‘arbiy Yevropa va Amerikada yashayotgan katolik hamda protestant nasroniylari esa, Rojdestvo bayramini 24-dekabrda kutib olishadi.

Yangiliklar lentasi
0