Pasxa - pravoslav nasroniylarining eng ulug‘ bayrami

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPasxalnoe bogoslujenie v xrame Xrista Spasitelya
Pasxalnoe bogoslujenie v xrame Xrista Spasitelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun butun dunyo pravoslav nasroniylari Pasxani nishonlamoqda. Odat bo‘yicha ushbu bayram yakshanba kuni tongda cherkovlarda bo‘lib o‘tadigan ibodat bilan boshlanadi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Pasxa – Pravoslav nasroniylarining eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Muqaddas kitoblarda yozilishiga ko‘ra, ushbu kunda Iso Masih o‘lmidan 40 kun o‘tib  qayta tirilgan.

Ramziy ma’noda ushbu kun sotqinlik, johillik ustidan qozonilgan g‘alaba kuni hisoblanadi. Ushbu kun cherkovlarda o‘tkazilayotgan ibodatlar ham bayramona ruhda bo‘lib o‘tadi. Nasroniylar bir-birlarini “Xristos voskres” degan so‘zlar va yuzlarida quvonch bilan qarshi olishadi.

Toshkentdagi Avliyo-Uspensk sobori - Sputnik O‘zbekiston
Pravoslav nasroniylar Rojdestvo bayramini kutib olishdi

Rossiyada Pasxaga bag‘ishlangan ibodat, mamlakatning bosh cherkovi – “Xram Xrista Spasitelya”da bo‘lib o‘tdi. Uning Butun Rus patriarxi Kirill amalga oshirdi. Tamoyilga ko‘ra, patriarx Kirill Quddus shahridan maxsus kapsulada olib kelingan muqaddas olov bilan cherkov shamlarini yoqdi, undan so‘ng “Krestniy xod” odatini o‘tkazdi.

Butun dunyoda pravoslav nasroniylar umumiy soni 250 million kishini tashkil qiladi. Pravoslav nasroniylarining asosiy qismi Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Bolgariya, Serbiya va Gruziyada yashaydi va ularning bosh cherkovi Rus Pravoslav cherkovi hisoblanadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, butun dunyoda nasroniylar umumiy soni 2 milliarddan ortiq. Ulardan 1,25 mlrd kishi – katoliklar, 800 mln kishi – protestantlar hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0