Jamiyat

Maktab va tekshiruvlar: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov /  / Mediabankka oʻtishShkolniki vo vremya peremenы, arxivnoye foto
Shkolniki vo vremya peremenы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qaror loyihasida umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishning vazifalari berilgan.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻqituvchilarni qoʻshimcha ragʻbatlashtirish yoʻlga qoʻyiladi

Hujjat bilan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati tasdiqlash nazarda tutilgan.

Qaror loyihasida umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishning vazifalari berilgan.

Umumtaʼlim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- rejali tekshirish;

- rejadan tashqari tekshirish;

-nazorat tartibida tekshirish;

- statistik maʼlumotlar va boshqa turdagi maʼlumotlarni tahlil qilish.

Umumtaʼlim muassasalarining faoliyatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga koʻra, toʻgʻridan toʻgʻri tekshirishga vakolatli organlar:

Posetiteli na otkrыtii vыstavki Rossiya. Territoriya nastoyaщego v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Maktab oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha loyiha ishga tushdi

Bosh prokuratura va unga boʻysunuvchi prokuratura organlari;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;

Tasarrufida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar.

Kelishuv asosida tekshirishga vakolatli organlar:

Oliy Majlisining Senati, Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari;

Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari;

Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari, Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari;

Iqtisod
Pensiya toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartishlar tayyorlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy bandlikka koʻmaklashish va aholini ish bilan taʼminlash markazlari;

Hisob palatasi, Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari.

Yangiliklar lentasi
0