Pensiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar tayyorlandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilgan.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirildi

Loyihada O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi nazarda tutilgan:

1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi va 31-moddaning oltinchi qismidagi “sakkiz barobari” degan so‘zlar “o‘n barobari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2) 32-modda matni quyidagi tahrirda bayon etiladi: “Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

2019 yil 1-yanvarga qadar – qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;

2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun - qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.

Pensiya ta’minoti bo‘yicha prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalanmaydigan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga muvofiq hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qo‘shiladi.

O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.

Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodim, dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

2019 yil 1-yanvarga qadar – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining;

2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.”

3) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Invalidi-veterani Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya urush faxriylari va mehnat migrantlariga pensiya to‘lashi mumkin

“Chet elda yollangan holda ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi:

2019 yil 1-yanvarga qadar – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining;

2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.”.

5) 37-modda birinchi qismida:

a) “a” bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“a) 2019-yil 1-yanvarga qadar – faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;

2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun – xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish uchun mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa.”;

Vidacha pensiy v pochtovom otdelenii  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya miqdori nega kam?

b) “g” bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“g) yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik mehnat faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi va yuridik shaxs tashkil etmasdan dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:

2019 yil 1-yanvarga qadar – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;

2019 yil 1-yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;”.

Yangiliklar lentasi
0