Maktab o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushdi

© Sputnik / Alexandr Polegenko / Mediabankka o‘tishPosetiteli na otkritii vistavki "Rossiya. Territoriya nastoyashego" v Moskve
Posetiteli na otkritii vistavki Rossiya. Territoriya nastoyashego v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onalari farzandlari kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishini hal qilishi sabali, yosh kadrlarning aksariyati kelajakda ishlamaydigan, ishlasa ham huzur olmaydigan mutaxassislikni egallashadi.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahridagi 9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushdi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Hukumati portali.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yoshlari diqqatiga: eng yaxshi kasb egasi tanlovida qatnashing!

“MyWay Proforientation” kasb-hunarga yo‘naltirish va rivojlantirish markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida Toshkent shahrida tashkil qilingan ushbu loyiha tajriba tariqasida ilk bor Toshkentdagi bir necha maktabning 9-sinf o‘quvchilari orasida tajriba sifatida o‘tkazilmoqda.

“Amaliyotning ko‘rsatishicha, aksariyat hollarda o‘smirlarning ota-onalari farzandlarining qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olmasdan, ularning kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishini hal qilishadi. Natijada, bitiruvchilarning aksariyati o‘z vaqti va pulini baribir kelajakda ishlamaydigan, ishlasalar ham huzur olmaydigan mutaxassislikni egallashadi”, - deyilgan xabarda.

Kasb-hunarga yo‘naltirilgan loyiha o‘quvchilarga shaxsiy xususiyatlarini, qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi hamda mazkur ma’lumotlarga tayanib, ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi kasbni tanlash imkonini beradi.

“Ishonamanki, qanchalik ko‘proq insonlar o‘z ishidan zavqlanib ishlasa, ular buni yanada samarali amalga oshirishadi, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi yanada tezlashadi!”, - dedi “MyWay Proforientation” MChJ direktori Vacheslav Kan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, dastlabki bosqichda Kasb-hunarga yo‘naltirish loyihasi poytaxtdagi beshta maktabni qamrab oladi. Kelgusida Xalq ta’limi vazirligi va “MyWay Proforientation” kompaniyasi poytaxtdagi barcha maktablarni qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0