“O‘zbekneftgaz” Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© NXK UzbekneftegazZdanie NXK Uzbekneftegaz
Zdanie NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftgaz” AJ rahbari Beicip-Franlab kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. 7-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi v. b. B. Ashrafxanov Beicip-Franlab kompaniyasi raisi va bosh direktori J.Burrus bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Emmanuel Makronom - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik masalalar muhokamasini o‘tkazdilar.

Geologik-qidiruv ishlarini ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sarmoyaviy bloklarning neft-gaz salohiyatini o‘rganish va Fransiya tomonini mustaqil auditor va qator sohalarda mutaxassis sifatida jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida geologik-qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorod qazib olish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha yetakchi neft-gaz kompaniyalari takliflarini baholash; O‘zbekistondagi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalar yuzasidan takliflarni tayyorlash.

“O‘zbekneftgaz” AJning xorijda uglevodorodlarni qidirish va qazib olish ishlarini amalga oshirish istiqbollarini baholash; O‘zbekiston zahiralari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, bo‘lajak xorijiy sarmoyadorlar o‘rganishi uchun respublikadagi sarmoyaviy bloklar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plamini hozirlash va boshqalar kiradi.

Stend kompanii Uzbekneftegaz na uzbeksko-indiyskom biznes-forume v Deli - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” Hindiston kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Hozirda neft va gaz bo‘yicha ma’lumotlar milliy bazasini yaratish yuzasidan Beicip Franlab kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Unda kompaniya ma’lumotlar bazasini yaratish va mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi mustaqil pudratchi sifatida hamda mazkur loyihani tijoratlashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida ham ishtirok etish niyatida.

Beicip Franlab geologik tadqiqotlarni ilmiy qo‘llab-quvvatlash, zahiralarni mustaqil baholash, neft va gaz konlarini o‘zlashtirishda maslahatlar berish, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlashni optimallashtirish bo‘yicha yechimlarni topish hamda geologik va geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun kerakli dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biridir. U 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boradi va Moskva, Parij, Jazoir, Kuala-Lumpur, Rio-deJaneyro, Xyuston, Vilyaermosa, Abu-Dabi va Quvaytda xalqaro bo‘linmalarga ega.

Yangiliklar lentasi
0