Volin: mediaforumdagi muloqotlar hamkorlikdagi loyihalarga aylanishi kerak

© Sputnik / Ramil SitdikovZamestitel ministra svazi i massovix kommunikatsiy RF Aleksey Volin
Zamestitel ministra svazi i massovix kommunikatsiy RF Aleksey Volin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazir o‘rinbosari so‘nggi 20-yilda bu Rossiya va O‘zbekiston OAVlari o‘rtasida ro‘y bergan birinchi yirik uchrashuv ekanligini ta’kidladi

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Birinchi O‘zbekiston-Rossiya media-forumida Rossiya Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin Rossiya va O‘zbekiston media sohasi vakillari o‘rtasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi va ushbu mediaforum  doimiy muloqot maydoniga aylanishiga umid bildirdi.

Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik jahonning yetakchi OAVlariga Rossiya ilm-fani haqida aytib beradi

"Bu, shubhasiz, munosabatlarimizdagi katta yutuq, ammo bu bir martalik emas, balki OAVlarimiz o‘rtasida professional sohada juda uzoq muddat davom etadigan aloqalar debochasi bo‘lishiga umid qilamiz. Biz shuni his qilyapmizki, uzoq yillar davomida O‘zbekistonda va Rossiyada bir-birini sog‘inishga ulgurishgan va hozirda boy berilganlarni to‘ldirish quvonchlidir", - deb qayd etgan Volin Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Volin bu kabi forumlar qo‘shma loyihalarga, umumiy biznes-masalalarga, ayrim hollarda esa qo‘shma korxonalarni yaratishga aylanishi lozimligi qayd etdi.

Unga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari o‘zaro kontent almashishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.

"Hozirda televideniyelarimiz xodimlari bir-biri bilan muloqot qilishmoqda, bizda loyihalar juda ko‘p va biz ularni hamkorlikda hayotga tatbiq etishni xohlar edik. Bu hamkorlikda yaratilgan filmlar yoki hatto hamkorlikdagi telekanal bo‘lishi ham mumkin", - deb qayd etdi vazir o‘rinbosari.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

Rossiya-O‘zbekiston birinchi media-forumi Toshkentda 6-oktabrda bo‘lib o‘tmoqda. Forum ishida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Sputnik O‘zbekiston" va "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentliklari, "O‘zbekiston 24", "Yoshlar" telekanallari, O‘zA axborot agentligi, Rossiyaning Birinchi kanali, "NTV Plyus" hamda TASS ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki mamlakat tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida jamoatchilikni xabardor qilishni kengaytirish masalasiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya axborot agentliklarining o‘zaro hamkorligi, kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, shu kunlarda, O‘zbekiston poytaxti ilk marotaba "TEFI-Hamdo‘stlik" xalqaro televizion festivaliga mezbonlik qilmoqda. Ushbu festivalda 12ta yaqin xorij davlatlaridan 13 nafar ishtirokchi o‘z ishlarini taqdim etishdi.

Yangiliklar lentasi
0