Sputnik jahonning yetakchi OAVlariga Rossiya ilm-fani haqida aytib beradi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLogotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik"
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni Xitoyning Chjuxay shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda tashkilotning yaratilgani haqidagi bitimga Osiyo, AQSh va Yevropa OAVlari rahbarlari bilan bir qatorda Sputnik Bosh muharriri o‘rinbosari Andrey Blagodirenko ham imzo chekdi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Sputnik xalqaro agentligi va radiosi Ilm-texnikaga oid axborotlar almashinuvi bo‘yicha xalqaro ittifoq hammuassislaridan biriga aylandi.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

Payshanba kuni Xitoyning Guandun provinsiyasi, Chjuxay shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda tashkilotning yaratilgani haqidagi bitimga Osiyo, AQSh va Yevropa OAVlari rahbarlari bilan bir qatorda Sputnik Bosh muharriri o‘rinbosari Andrey Blagodirenko ham imzo chekdi.

Ushbu ittifoq xitoyning "Keszi jibao" ("Fan va texnika") gazetasi tashabbusi bilan shakllantirilgan. Uyushma ishtirokchilari bir-biriga ilmiy maqolalar taqdim etib, eng qiziqarli va muhim hamkor yangiliklarni o‘z resurslarida chop etadilar.

Bitimni imzolash tadbiri xalqaro kommunikatsiyalar masalalariga bag‘ishlangan "21 asr Dengiz Ipak yo‘li" forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari Guandun provinsiyasi hukumati, Xitoy Mediakorporatsiyasi hamda "Keszi jibao" gazetasidir.

V studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik yaqin xorij davlatlari jurnalistlari uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi

Forum sessiyalaridan birida chiqish qilgan Andrey Blagodirenko Sputnik tomonidan fan va innovatsiyalar mavzulari, shu jumladan, Xitoyning eng old medialari bilan hamkorlik xususida so‘zladi.

"Agentligimiz fan va texnologiyalar to‘g‘risidagi yangiliklarga katta e’tibor qaratadi va ushbu sohada xalqaro kommunikatsiya sohasida yaratilgan fan-texnika axborot almashinuvi bo‘yicha xalqaro ittifoq singari mexanizm uchun xitoylik hamkorlarga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Aminmanki, bu xalqaro auditoriya orasida ilm-fan mavzularini ommalashtirish singari umumiy maqsadni amalga oshirishda hamkorlikdagi sermahsul ishni boshlab beradi", - deb ta’kidladi Blagodirenko.

"Keszi jibao" — XXR Fan va texnologiyalar vazirligi rasmiy organi bo‘lib, 1986-yilda asos solingan. Gazeta Xitoyning 31 provinsiyasida xitoy tilida chop etiladi, BMT, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Isroil, Braziliya va boshqa texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarda o‘z muxbirlik punktlariga ega.

Rubrikalarining asosiy mavzulari: Xitoy va chet eldagi fan kashfiyotlari, innovatsiyalar, fan ekspertlari fikrlari, zamonaviy harbiy texnika, ta’lim masalalari, axborot texnologiyalari, tibbiyot va salomatlik, va boshqa ko‘plab mavzular.

Yangiliklar lentasi
0