TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Alisher Sultonov bilan uchrashuv davomida Seyfi Gasemi so‘z olib, kompaniya rahbariyati istiqbolli va xorijiy investorlar uchun xavfsiz davlatlar deb tan olingan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya va O‘zbekistonga investitsiya kirish borasida qaror qabul qilgani haqida ma’lum qildi, deb xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Bunday qarorga kelishdan oldin, Air Products kompaniyasi Macro-Advisory konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda dunyoning istiqbolli davlatlarini aniqlash maqsadida mustaqil audit o‘tkazgan.
Gasemining ta’kidlashicha, Air Products kompaniyasi O‘zbekistonga uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni kiritishdan manfaatdor va O‘zbekiston bozorida to‘la qonli ishtirokchiga aylanish istagida.
Kompaniya respublika iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya va boshqalar, ehtiyoji uchun sanoat gazini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, tabiiy gazdan polimerlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaga ham yuqori qizish bildirilmoqda.
Seyfi Gasemi, shuningdek, dunyoning yetakchi neft va gaz kompaniyalari (Total, British Petroleum, SOCAR, UOP Honeywell va boshqalar) top-menejerlari uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Ushbu guruh tarkibini Air Products kompaniyasi yetakchi mutaxassislari va UYeM korxonalari vakillari tashkil etadi. Ikki oy muddatda neft-gaz, kimyo va metallurgiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq takliflar ishlab chiqish rejalashtirildi.
Kun yakuniga qadar qo‘shma loyihalar bo‘yicha ishlar rejasi ishlab chiqiladi.