Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinadi

© Filial RGU im. Gubkina v TashkentePriyemnaya komissiya filiala RGU imeni Gubkina v Tashkente
Priyemnaya komissiya filiala RGU imeni Gubkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
I.B. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shaharidagi filialiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi

TOShKENT, 14-may — Sputnik. I.B. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinishi belgilandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Filial Rossiyskogo Gosudarstvennogo Universiteta nefti i gaza imeni Ivana Mixaylovicha Gubkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida Gubkin nomidagi universitetning tayyorlov markazi ochiladi
Bu haqda Adliya vazirligining telegrammdagi sahifasida xabar berildi.

"I.B. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shaharidagi filialiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun Filial bakalavriat bosqichiga turli yo‘nalishlar bo‘yicha 250 nafar talaba qabul qilinishi belgilandi", — deyiladi xabarda.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, neft-gaz yo‘nalishidagi asosiy oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Universitetning Orenburg va Toshkent shaharlarida filiallari mavjud. Filiallar bilan qo‘shib hisoblaganda universitet talabalari 10 mingdan oshadi. Mazkur o‘quv yurtida dunyoning 56 mamlakati talabalari tahsil olishadi.

Yangiliklar lentasi
0