Qirg‘iziston prezidenti haqidagi memlar muallifi tushuntirish xati yozdi

Obuna bo‘lish
Avgust oyida Qirg‘iziston rahbari matbuot-xizmati Jeenbekovning Issiq-ko‘lda o‘tkazgan ta’tili haqida fotoreportaj e’lon qildi. Suratlarda Jeenbekov ko‘l, plyaj va kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy fonida muhrlangan edi

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov haqidagi internet-memlar muallifi, grafik dizayner Nikita Tarasenkoni seshanba kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga chaqirtirishdi va tushuntirish xati yozishga majbur etishdi.

Premyer-ministr Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov: "qarindoshlarim" haddan ko‘payib ketdi, ularni qamash kerak

Avgust oyida Qirg‘iziston rahbari matbuot-xizmati Jeenbekovning Issiq-ko‘lda o‘tkazgan ta’tili haqida fotoreportaj e’lon qildi. Suratlarda Jeenbekov ko‘l, plyaj va kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy fonida muhrlangan edi.

Ammo prezident hamma joyda yolg‘iz va qora rasmiy kostumda edi.

Internet foydalanuvchilari, ushbu suratlarga darhol munosabat bildirdilar. Tarasenkoning memi esa eng ommalashgan izohlardan biriga aylandi. Grafik-dizayner Jeenbekovning o‘ychan fotosuratiga "Odamlar qani? Hozir rostdan yozmi?", - deb yozib qo‘ygan edi.

"Tushuntirish xati alohida e’tiborni talab qiladi. Unda ushbu memlardagi yumor ma’nosini tushuntirish va barcha havolalarni to‘liq keltirish kerak edi", - deb yozdi Tarasenko o‘zining Facebook dagi sahifasida.

Tarasenkoning ma’lum qilishicha, go‘yoki Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasiga noma’lum ayol tomonidan ariza yozilgan bo‘lib, u davlat rahbari obro‘si va sha’nini himoya qilishni talab qilgan ekan.

Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston kim bilan do‘st bo‘ladi - Jeenbekov bayonoti

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, nazorat muassasasi ko‘rsatilgan karikaturada sudga murojaat qilish uchun asos topmagan va materiallarni maxsus xizmatga qaytargan.

Ilgariroq Qirg‘iziston prezidenti matbuot-kotibi Tolgonay Stamaliyeva jurnalistlarga Jeenbekov ijtimoiy tarmoqlardagi bu memlarni ko‘rganini aytgan edi. "Karikaturachining ishi davlat rahbarining kulgisini keltirdi", - degan edi Stamaliyeva.

U shuningdek, karikatura muallifining genprokuraturaga chaqirtirilishi prezident apparati uchun "noxush xabar" bo‘lganini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0