Qirg‘iziston kim bilan do‘st bo‘ladi - Jeenbekov bayonoti

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki
Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahonda Qirg‘izistonga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, deb bayonot qildi Sooronbay Jeenbekov

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Qirg‘iziston qo‘shni davlatlar bilan, xususan Rossiya bilan do‘stona aloqalarga alohida ahamiyat qaratadi, deb bayonot qildi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti migrantga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi

Bugun Jeenbekov Qirg‘iziston Respublikasini barqaror taraqqiy ettirish bo‘yicha Milliy kengashi majlisiga raislik qilmoqda.

U yig‘ilish ishtirokchilari oldida nutq so‘zlab, dunyoda jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotganini, xususan, bu o‘zgarishlar Qirg‘izistonga ham ta’sir ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.

"Biz qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat qaratamiz, shu jumladan, strategik sherigimiz - Rossiya bilan munosabatlarga ham. YeOII, ShHT, ODKB mamlakatlari bilan haroqlama munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz", - dedi Jeenbekov.

Sooronbay Jeenbekov ofitsialno vstupil v doljnost glavi Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston yangi prezidenti Jeyenbekov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston rahbari so‘zlariga ko‘ra, u boshqa davlatlar bilan ham munosabatlarni rivojlantiradi.

"Biz Xitoy bilan hamkorlikni strategik darajaga yetkazdik, shuningdek, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilamiz. Biz xalqaro hamkorlarlarimizga ustuvor ahamiyat qaratamiz, xususan, BMTdagi hamkorlikka ham", - deb ta’kidlagan Jeenbekov.

Yangiliklar lentasi
0