Alisher Usmonov: Biz o‘zbeklar, sabr-toqatli xalqmiz, lekin qo‘rqoq emasmiz

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMilliarder Alisher Usmanov
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik biznesmen yaqinda o‘zining 65-yillik yubileyini nishonladi. Usmonov bir yo‘la ikki prezident: Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevdan mukofotlarni qabul qildi

TOShKENT, 2 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Milliarder Alisher Usmonov Toshkentga investitsiya kiritish rejalari, ishlari holati, sportga bo‘lgan ishtiyoqi hamda oilasi haqida "Rossiya-1" telekanaliga gapirib berdi. Sputnik O‘zbekiston asosiy fikrlarni e’tiboringizga taqdim etadi.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Toshkentda minbardan turib Mirziyoyevga nima dedi

Sport va birinchi million

Rossiyaning eng badavlat kishilaridan biri o‘zining sportga oid o‘tmishini faxr bilan esga oladi. Avvaliga ishlari u xohlagandek bo‘lmagandi. Usmonovni Toshkentdagi futbol setsiyasiga ko‘zoynagi tufayli qabul qilishmaydi, basketbol jamoasida ham ishlari yurishmaydi, shundan so‘ng u qilichbozlik bilan shug‘ullana boshlaydi.

Sportning bu yo‘nalishida bo‘lajak biznesmen katta muvaffaqiyatlar qozonadi - u respublika chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritadi va SSSR termasi safiga qabul qilinadi.

Vstrecha V.Putina s chlenami Popechitelskogo soveta Gosudarstvennogo akademicheskogo Mariinskogo teatra - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga $ 20 million sarmoya kiritdi

Alisher Usmonov sportga stavka qilish bilan ham qiziqadi, ammo faqat do‘stlari bilan garov bog‘laydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sport mavsumlarining birida u million dollar yutib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Usmonov o‘z mehnati bilan topgan birinchi million dollarni ham yaxshi eslaydi. U bu kapitalni polietilen paketlar ishlab chiqarishida topishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ammo biznesmen bu pullardan tez orada mahrum bo‘ladi - do‘sti ularni kazinoda yutqazib qo‘yadi.

"Bu halol va toza biznes edi, men u bilan faxrlanaman", - deya xotirlayli milliarder.

Hozir Alisher Burxanovich ofisga bormaydi, ba’zida kun bo‘yi ishlaydi - Usmonovning ta’biri bilan aytganda, aqliy faoliyat uning har kuni ishda bo‘lishini talab etmaydi.

Sanksiyalar va g‘arbdagi biznes

Usmonovning fikricha, sanksiyalardan hech qanday naf yoki samara bo‘lmaydi - ammo amerika hukumati tomonidan qabul qilingan nodo‘stona choralarga qaramay, AQShlik hamkorlar bilan muloqot saqlanib qolgan.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov yana bir futbol klubni sotib olishi mumkin

Shu bilan birga, "megofon" aktivlari haqidagi yangiliklar fonida g‘arb bozorlaridan to‘liq ketishi haqidagi mish-mishlar va hatto "Arsenal" klubidagi ulushini sotishi haqidagi xabarlarni Usmonov rad etdi.

"Bunga ahamiyat berish kerak emas. Men fatalist emasman, lekin men kimgadir bog‘liq bo‘lishni yoqtirmayman. Men faqat o‘z prezidentim va o‘z rafiqamga bog‘liq bo‘lishim mumkin... Biz, o‘zbeklar, sabr-toqatli xalqmiz, lekin qo‘rqoq emasmiz", - deb alohida ta’kidlagan milliarder.

Men – internet savdogariman

Alisher Usmonov o‘zini internet qiroli, deb ham hisoblamaydi.

"Men internet qiroli emasman... Bill Geyts, Stiv Jobs, Sukerberg, Grishin, Durov – mana shular internet qirollaridir, rossiyalik o‘yinchilar haqida gapiradigan bo‘lsak - ular knyazdirlar. Men esa - internet savdogariman. Hozir esa uning muxlisiga aylanganman", - deb tan oladi USM Holdings asoschisi.

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Facebook siyosati o‘zgaradi: Sukerberg odamlar tarmoqda kamroq o‘tirishini xohlayapti

Usmonovning fikricha, internet sun’iy ong bilan hamkorlikda insoniyat mavjudligining yangi shart-sharoitlarini yaratadi, shu bois, global tarmoqni tartibga solish ayni vaqtda eng kerakli va muhim masalalardan biri hisoblanadi.

"Hukumat qilichini yalanglashi kerak emas, lekin shu bilan bir vaqtning o‘zida internet-muloqot subyektlari o‘z mas’uliyatini oshirmoqlari zarur... Men senzura emas, qonun tarafdoriman", - deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashadi biznesmen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT doirasida hamkorlikdagi internetni global boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish darkor.

Usmonovning aytishicha, uning o‘zi internetda bir kunda 2-3 soat o‘tkazishi mumkin. Ilgarilari milliarder uchun qiziq tuyulgan telegramm-kanallar bugunga kelib o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Usmonovning fikricha, ular ma’lumot manbaidan instrumentga aylangan.

Jonajon joylar va O‘zbekistonga g‘amxo‘rlik

Biznesmen bilan teleintervyu Rossiya va O‘zbekistondagi bir nechta joylarda suratga olingan. Toshkentda Usmonov o‘zi o‘qigan maktabda, ish joylarining birida bo‘lgan va hatto o‘smirligida shug‘ullangan sport seksiyalaridan biriga ham borgan va u yerdagi yoshlarga bir nechta usullarni ko‘rsatgan.

Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Milliy Olimpiya qo‘mitasi Alisher Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Usmonov 10-yil davomida "Arsenal" aksioneri bo‘lgani tufayli, u bu mavzuni shu qadar sinchkovlik bilan o‘rganganki, hozirda o‘z tajribasini Rossiya klublariga yordam uchun qo‘llamoqda. Bundan tashqari, milliarder o‘zining birinchi sevimli jamoasi bo‘lgan "Paxtakor" haqida ham unutib qo‘ygani yo‘q. Ayni vaqtda biznesmen o‘zbek klubi bilan ishlash bo‘yicha bir nechta takliflarni olgan, ammo aktivlarni xarid qilish borasida aniq javob berishga shoshilmayapti.

Lekin, shunday bo‘lsa-da, Usmonov "Paxtakor"ga yordam berib kelmoqda - u stadion qurilishi uchun 20 million dollar kiritgan.

Bulardan tashqari, biznesmen O‘zbekiston islom merosini qayta tiklash loyihasiga mablag‘ kiritgan. U yana investitsiyalar kiritishi mumkinligini ham inkor etgani yo‘q.

Alisher Usmonov o‘zbek biznesini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0