Alisher Usmonov Toshkentda minbardan turib Mirziyoyevga nima dedi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishOsnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov Toshkentda yuksak minbardan turib, prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan murojaatida, O‘zbekistonning porloq kelajagini o‘z hayotining mazmuni sifatida belgilab olganini ma’lum qildi

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan milliarder Alisher Usmonov ushbu kun uning hayotida "ulug‘ va hayajonli" bo‘lishini ta’kidladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vstrecha V.Putina s chlenami Popechitelskogo soveta Gosudarstvennogo akademicheskogo Mariinskogo teatra - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga $ 20 million sarmoya kiritdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan katta hissasi uchun Alisher Usmonovning ko‘ksiga "El-yurt hurmati" ordenini taqib qo‘ygach, biznesmen minbarga chiqib, minnatdorlik nutqini so‘zladi.

Xususan, Usmonov, O‘zbekiston rahbari tomonidan yuksak nishon bilan taqdirlagan bu kun uning hayotida "ulug‘ va hayajonli kun bo‘lishini" qayd etdi. Biznesmen bunday hayajonli kunda "rahmat" aytish uchun kerakli so‘zlarni topishga ojiz qolayotganini tan oldi.

"...Shuncha qiyinchilik, armon va umidlar bugun yuzaga chiqayapti mening hayotimda... Faqat mening hayotimda emas, butun o‘zbek xalqining umidi sizning qo‘lingizga topshirilgan. Albatta, har bitta o‘zbek o‘g‘lonining majburiyati bugun yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha va balki qo‘lidan kelganidan ko‘p yoningizda bo‘lish", - dedi u Mirziyoyevga murojaat qilib.

Usmonov bu yo‘l judayam qiyin bo‘lishini, osonlikni hech kim bugun bermasligini ta’kidlab o‘tdi.

"Mening ishonchim komilki, butun xalq shundoq rahbarni boshchiligida albatta, shu rejalarga yetadi. Va men o‘zim uchun shu rejalarga yetish uchun qilingan har bir harakatimni hayotimning mazmuni deb bilmoqchiman", - dedi biznesmen.

Shundan so‘ng Usmonov O‘zbekiston prezidentiga o‘z minnatdorligini bildirgan holda, unga salomatlik hamda kuch tiladi.

Alisher Usmonov o‘z nutqini "xalqimizga tinchlik, farovon hayot va iqtisodiy boylik tilayman", degan so‘zlar bilan yakunladi.

Yangiliklar lentasi
0