Facebook siyosati o‘zgaradi: Sukerberg odamlar tarmoqda kamroq o‘tirishini xohlayapti

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, kompaniyalar, brendlar va OAVlar tomonidan qo‘yiladigan postlar soni esa qisqartiriladi va ular tomonidan qo‘yiladigan postlar soni ham "odamlar orasida muhim aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yordam berishi" kerak

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg sayt siyosatida yuz berishi kutilayotgan o‘zgarishlar haqida e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zgarishlar odamlar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash va taniqlik foydalanuvchilar kontentini kamaytirishga qaratilgan.

Facebook asoschisi M.Sukerberg - Sputnik O‘zbekiston
Sukerberg yana bir qizli bo‘ldi
Sukerbergning aytishicha, u barcha o‘zgarishlarni ijtimoiy aloqalar foydasi uchun amalga oshirmoqda. Endilikda Feysbuk foydalanuvchilariga o‘z do‘stlari, oila a’zolari va guruhlardan ko‘proq xabarga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, kompaniyalar, brendlar va OAVlar tomonidan qo‘yiladigan postlar soni esa qisqartiriladi va ular tomonidan qo‘yiladigan postlar soni ham "odamlar orasida muhim aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yordam berishi" kerak.

"Bu singari o‘zgarishlarni kiritar ekanman, odamlar Facebookka kamroq vaqt sarflashlaridan umid qilaman, shuningdek, saytga kirish uchun vajlar soni ham kamayadi. Ammo, mening umidlarim shundan iboratki, Facebookda o‘tkazayotgan vaqtingiz yanada qimmatli va foydali bo‘ladi. Agar biz to‘g‘ri qaror qabul qilgan bo‘lsak, ishonchim komil, bu hamjamiyat uchun ham samarali kechib, istiqbolda biznesimizga faqat foyda keltiradi", — deb xotima qilgan Sukerberg.

Yangiliklar lentasi
0