Mirziyoyev sarhisobni boshladi: AKT vaziri nega lavozimdan ozod qilindi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 14-avgusta provel videoselektornoe soveshanie po investitsiyam
Shavkat Mirziyoyev 14-avgusta provel videoselektornoe soveshanie po investitsiyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti mutasaddilarga Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish, aloqa tarmoqlarini to‘liq optik tolaga almashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezideni Shavkat Mirziyoyev yil boshida berilgan topshiriqlar bo‘yicha sarhisobni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar internet tezligi 10 baravar oshadi

Xususan, Mirziyoyev,  19-sentabr kuni o‘tkazilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish ishlari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayevni nega lavozimidan ozod qilganiga izoh berib o‘tdi.

"Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi. Yil boshida ushbu muhim sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ko‘plab vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etish, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi. Shuning uchun vazirlikning rahbariyatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.

O‘zbekiston rahbari yangi vazir va uning o‘rinbosarlari bundan tegishli xulosa qilib, o‘z ishlarini mutlaqo boshqacha tarzda tashkil etishlari lozimligini qayd etgan.

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda 178-o‘rinda qayd etildi

"Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan rivojlantirish, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin ko‘paytirish, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash kerak", – deb aytgan prezident.

Majlisda shuningdek, 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va prezident huzuridagi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash qanday borayotgani tahlil qilindi. Sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar ishtirokidagi loyihalar hissasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Joriy yilda kamida 200 million dollar, 2019-yilda esa investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. 

“O‘zbektelekom” kompaniyasining nufuzini oshirish, “O‘zmobayl” milliy mobil aloqa operatorini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Sohada xizmatlarni eksport qilish yetarli emasligi, bu ko‘rsatkichni keskin oshirish, eng avvalo, dasturiy ta’minot yaratish va eksportni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi. 

Telefon va internet foydalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi, mavjud aloqa tarmoqlarining atigi 27 foizi optik tolali, qolgani mis simli liniyalardan iborat ekani tanqid qilindi. Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish, aloqa tarmoqlarini to‘liq optik tolaga almashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AKT sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakat deb e’tirof etildi

“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni keskin yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Pochta aloqasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. 

Axborot xavfsizligini mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratildi. 

Sohada kadrlar tanqisligi sezilayotgani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ilmiy salohiyatga ega pedagoglar bor-yo‘g‘i 21 %ni tashkil etishi qayd qilindi. Shu bois universitetda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, mamlakatda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 5-yillik milliy dasturni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Yangiliklar lentasi
0