O‘zbekiston AKT sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakat deb e’tirof etildi

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksida 15 o‘rin yuqoriga ko‘tarilib, 192 mamlakat orasida 95-o‘rinni egalladi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan AKT sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakat deb e’tirof etildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekistan-Belorussiya IT - Sputnik O‘zbekiston
AKT vazirligi va Belarus Yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Xalqaro elektraloqa ittifoqi shu kunlarda o‘zining "Axborotlashgan jamiyat ko‘rsatkichlari" hisobotini e’lon qildi. Unda AKTni rivojlantirish bo‘yicha 190dan ziyod davlatlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarning so‘nggi natijalari aks etgan.

"Xalqaro Elektraloqa ittifoqining 2017-yildagi hisobotlariga ko‘ra O‘zbekiston AKTni rivojlantirish indeksida 15 o‘rin yuqoriga ko‘tarilib, 192 mamlakat orasida 95-o‘rinni egalladi", deb ma’lum qildi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

2016 yilda O‘zbekiston mazkur reytingda 110-o‘rinni egallagandi.

Keyingi bir yil davomida mamlakatda o‘nlab innovatsion loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Misol uchun, O‘zbek Silikon vodiysi deb nomlanuvchi Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, "Elektron hukumat" tizimi yaratildi, iqtisodiyotning turli sohalariga axborot texnologiyalari joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0