Jamiyat

Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar internet tezligi 10 baravar oshadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov /  / Mediabankka oʻtishSetevoye oborudovaniye
Setevoye oborudovaniye - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Axborot texnologiyalari vaziri yil oxiriga qadar tashqi internet kanal tezligini 1,2 Terabit soniyaga yetkazishni vaʼda berdi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar tashqi internet kanali tezligi 1,2 Terabit soniyaga  yetkaziladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida “Kabinet” maxsus loyihasi doirasida,  Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri  Azim Axmedxoʻjayev xabar qildi.

“Biz Oʻzbekiston internet-kanali tezligini bugungi 160 Gbit /soniyaldan kamida 1,2 Tbit/soniyaga yetkazmoqchimiz. Bu tezlik qariyib 10 baravar oshadi degani. Biz ushbu vazifani yil oxiriga qadar bajarishni rejalashtirganmiz, lekin bu undan oldin ham amalga oshishi mumkin, chunki ushbu ishni amalga oshirish uchun barcha kuchlar safarbar qilingan”, — dedi vazir.    

Axmedxoʻjayev aytishiga qaraganda, vazirlik tomonidan qisqa vaqt ichida telekommunikatsiyalar sohasidagi zamonaviy trend va texnologiyalarni yaxshi tushunadigan malakali xorijiy mutaxassislar jamoasi jalb qilingan.

Jamiyat
Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahonda 178-oʻrinda qayd etildi

“Ayni damda Oʻzbekistonda 20dan ortiq xorijiy mutaxassislar respublikaning internet imkoniyatlarini kengaytirish bilan shugʻullanmoqda. Shu bilan bir vaqtda 15ga yaqin mutaxassilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning boshqa imkoniyatlarini, jumladan pochta xizmatini rivojlantirish bilan shugʻullanmoqda. Ushbu jamoalar bizga, dunyo tajribasini hisobga olgan holda, bizning ustida ishlashimiz kerak boʻlgan “tor nuqtalarimiz” va “ogʻriqli joylarimiz”ni koʻrsatmoqda”, — dedi Axmedxoʻjayev.

Vazir aytishiga qaraganda, qilinayotgan harakatlar nafaqat kanalni kengaytirishga, balkim ushbu sohadagi barcha masalalarni, jumladan normativ-huquqiy sohadagi masalalarni ham majmuaviy hal qilishga qaratilgan.

“Bu yaqin kelajakda oʻz natijasini koʻrsatishi kerak boʻlgan ulkan ishdir. Biz respublikaning barcha nuqtalariga qadar msifatli internet aloqasini yetkazish maqsadida, faqat shu yil davomida 2 ming kilometrdan ortqi optik tolali kabel oʻrnatishni rejalashtiriganmiz. 2018 yilning birinchi choragida 300 kilometr kabel oʻrnatishga ulgurdik”, — dedi Axmedxoʻjayev.

Jamiyat
"Oʻzbektelekom": yil oxiriga borib internet oʻn baravar tez ishlaydigan boʻladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan majlisda internet narxini pasaytirish, tezligini kamida toʻrt baravariga oshirib 2020 yilga qadar MDHning boshqa mamlakatlari darajasiga yetkazishni topshirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekiston internetga shimoliy kanal orqali, yaʼni Qozogʻiston va Rossiya hududlari orqali ulangan. 2018 yilning yanvart oyida Axborot texniologiyalari vazirligi internet tashqi kanalini yangi yoʻnalishlar orqali, xususan Turkmaniston-Eron va  Qirgʻizston-Kitay orqali hamda “shimoliy kanal” imkoniyatini oshirish evaziga kengaytirishga qaror qilganini xabar qilgan edi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistoda internet tezligi MDHning boshqa mamlakatlariga nisbatan 10 baravar kam. Shuningdek mahalliy aloqa operatorlari taqdim etayotgan  aloqa xizmatlari sifatiga ham, ayniqsa avtomobil va temir yoʻllari oʻtgan hududlarda,  yetarlicha  eʼtibor berilmayapti.

Yangiliklar lentasi
0