Qozog‘iston Afg‘onistondagi saylovlar jarayonini tahdid ostida qolgan, deb hisoblaydi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishV voskresniy den v sentre Kabula
V voskresniy den v sentre Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchi Xavfsizlik kengashi a’zolari e’tiborini Afg‘oniston shimolida "ID" jangarilari soni ko‘payganligiga qaratgan. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid keltirib chiqarmoqda

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Qozog‘iston rasmiylari fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda joriy yilning oktabrida o‘tkaziladigan parlament saylovlari tinchligi tahdid ostida qolgan, deb bayonot qildi Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Kayrat Umarov Xavfsizlik kengashi yig‘inida.

 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti

Chorshanba kuni respublika TIV tomonidan tarqatilgan press-relizda xabar qilinishicha, Kayrat Umarov Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan bildirilgan, muqaddas ayyom - Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va bu taklifni G‘aniga muxolif bo‘lganlar rad etganlaridan afsusdaligini bayon etgan.

"Bu oktabr oyida tinch parlament saylovlarini o‘tkazishga bo‘lgan umid tahdid ostida qolayotganini bildiradi. Oldinda kutilayotgan saylovlarga boykot e’lon qilishni rejalashtirayotgan ayrim afg‘on siyosiy partiyalarining bayonotlari bizni tashvishga solmoqda. Ularni o‘tkazishni ortga surish Afg‘onistondagi vaziyatni yomonlashtirishi mumkin", - deb ta’kidlagan Umarov. Uning so‘zlaridan Qozog‘iston TIV matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

Yig‘ilish davomida Qozog‘iston delegatsiyasi rahbari Afg‘oniston hukumatining mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirishdagi yetakchi rol afg‘on xalqining o‘ziga berilishi kerak, degan fikriga to‘liq qo‘shilishini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, Umarov, Xavfsizlik kengashi a’zolari e’tiborini Afg‘onistonda, ayniqsa mamlakat shimolida ID jangarilari soni ko‘payganligiga qaratgan. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid keltirib chiqarmoqda.

Vid goroda Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralari haqida ma’lum qildi

Ushbu kontekstda elchi Qozog‘iston tomonidan taklif etilgan: xavfsizlik va taraqqiyot uyg‘unligi to‘g‘risidagi taklifga urg‘u bergan - ya’ni, barqaror iqtisodiy rivojlanish va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi aholi bandligini oshirishi, yoshlarning terroristik guruhlar tomonidan yollanishining oldini olishi va xavfsizlikni kuchaytirishga xizmat qilishini qayd etgan.

Afg‘onistondagi parlament saylovlari 2018-yilning 20-oktabr sanasiga rejalashtirilgan. Saylovlarda Afg‘oniston Milliy assambleyasining quyi palatasi a’zolari saylanadi. Afg‘onistonda so‘nggi bor parlament saylovlari 2010-yilda o‘tkazilgan. Parlament vakolatlari muddati 2016-yilning 22-iyun sanasida o‘z poyoniga yetgan. Ammo saylovlar prezident Ashraf G‘ani tomonidan xavfsizlik va mamlakatdagi nostabil ahvol tufayli keyinga qoldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0