TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti. Uni shu yil yakuniga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov ma’lum qildi.
“Biz ushbu uchrashuvni tayyorlash ishlarini davom ettirmoqdamiz. Uchrashuv bekor qilinmagan, u ko‘chirilgan. Biz hozir Afg‘oniston hukumati bilan yig‘ilish sanasini belgilash bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Umid qilamizki, uchrashuv shu yil yakuniga qadar o‘tkaziladi”, - dedi Morgulov Sharqiy iqtisodiy forumida.
Joriy yil 11-13 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusi Russkiy orolida to‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.