TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat yanada yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakat ichki siyosiy kuchlari bilan hamkorlikda bilan ish olib bormoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Mintaqada vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Afsuski qaysidir masalalar bo‘yicha ahvol yanada yomonlashmoqda. Rossiya bir qator qadamlar, jumladan ShHT doirasida hamkorlikda ish olib borish, Afg‘oniston ichidagi siyosiy kuchlar bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy normalarga rioya qilgan holda birinchi navbatda rasmiy hukumat bilan aloqadamiz. Shuningdek, albatta ko‘p tomonlami diplomatiya urinishlari. Mintaqadagi vaziyat rivojini ehtiyotkorlik va tashvish bilan kuzatib bormoqdamiz”, - deb ta’kidladi Zaxarova brifingda.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari o‘rtasida kurash ketmoqda. “Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, mamlakat hududida “IShID” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi qurashish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab hamkorlikda operatsiyalar o‘tkazishmoqda.