Shavkat Mirziyoyev oktabrda Hindistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev oktabrda Hindistonga davlat tashrifi bilan boradi.  

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu yilning oktabr oyida davlat tashrifi bilan Hindistonga boradi, deb xabar qildi Investitsiyalar qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmuradov.

Bugun Toshkentda O‘zbekiston – Hindiston savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnk hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 11 majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

“Bugun, ushbu yilning oktabrida Delida rejalashtirilayotgan rahbarlarimiz uchrashuvi kun tartibiga kiritiladigan aniq tadbir va loyihalar boraisda kelishib olamiz deb umid qilaman”, - dedi Xolmurodov hukumatlararo komissiya majlisi ochilishida.

Plenarnoe zasedanie ministrov inostrannix del Rossii, Indii i Kitaya (RIK) - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazadi

Bosh vazir o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi ikki mamlakat tarixida yangi sahifani ochadi. Ayniqsa iqtisod, savdo va sarmoyalar sohasida.

Xolmuradov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston tadbirkorlari Hindistonga yanada ko‘proq uran konsentrati, rangli metallar, kabel va kimyo mahsulotlari hamda meva – sabzavotlar yetkazib berishga tayyor.

Undan tashqari, Xolmuradov, O‘zbekiston Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston orqali o‘tadigan  “Shimol – Janub” transport loyihasida ishtirok etishga tayyor ekanligini xabar qildi.

Hindiston savdo va sanoat vaziri Suresh Prabu, o‘z navbatida, Hindiston O‘zbekiston bilan savdo sotiq uchun imtiyozli sharoitlar yaratishga tayyor ekanligini xabar qildi.

“Bizning rejalarimiz katta, biz o‘zaro savdo hajmini bir milliard dollarga yetkazmoqchimiz. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud”, - dedi Hindiston savdo va sanoat vaziri.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi besh yil davomida O‘zbekiston va Hindiston orasida savdo – sotiq hajmi ikki baravar oshib, 300 million dollardan yuqori ko‘rsatgichlarni namoyish qilgan.

Ayni damda O‘zbekistonda Hindiston kapitali asosida tashkil etilgan 140 dan ortiq korxonalar mavjud bo‘lib, ular to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0