Prezidentlar do‘stligi - davlatlar do‘stligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida

Obuna bo‘lish
Belarus va O‘zbekiston munosabatlari tarixi va yangi davri haqida.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Belarus prezidentining Toshkentga rasmiy tashrifi oldidan Sputnik Belarusda ishlovchi hamkasabalarimiz O‘zbekiston va Belarus munosabatlari ning eski va yangi davri haqida quyidagi faktlarni aniqlagan.

O‘zbekiston - Belarus munosabatlari  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Belarus munosabatlari

Oxirgi 2-yil davomida Belarus va O‘zbekiston munosabatlari jadal va har tomonlama rivojlanib kelmoqda. 

O‘zbekiston Birinchi prezidenti davrida Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga 2 marotaba tashrif uyushtirgan bo‘lsa, oxirgi ikki yilda ham ikki marotaba tashrif buyurgan.

Ikkinchidan, Belarus O‘zbekistonda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan bir yildan so‘ng elchixona ochgan bo‘lsa, O‘zbekistonga buning uchun 25-yil vaqt kerak bo‘lgan.

Sharq - bu nozik masala 

Sputnik Belarus muxbiri sobiq diplomat bilan bo‘lgan suhbatda quyidagilarni bilib olgan. Diplomat aytishiga qarganda O‘zbekiston va Belarus munosabatlari 90-yillarda buzilgan. Bunga paxta bilan bog‘liq bir voqea sabab bo‘lgan.

O‘shanda Belarusning hali yosh prezidenti mamlakatdagi korxonalarni aylanib yurib Baranovichi shahriga kelgan. U yerda xom-ashyo yo‘qligi tufayli ishlamay turgan to‘qimachilik kombinatini ko‘rib ularga yordam berishni va’da qilgan.

Vistavka EkspoSitiTrans 2014 - Sputnik O‘zbekiston
Elektrobus, avto-shou va traktorlar: Toshkentda Belarus mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Shundan so‘ng u Karimovga telefon qilib paxta yetkazib berishni so‘ragan va uning va’dasini olgan. O‘sha vaqtlarda valyuta tanqisligi tufayli Belarusda mahsulotlar uchun barter yo‘li bilan hisob-kitob qilish odatiy hol bo‘lgan. O‘zbekistonda paxta olishda ham Belarussiya prezidenti shunday yo‘l bilan hisob kitob-qilmoqchi bo‘lgan.

Lekin u vaqtlarda O‘zbekistonda paxta savdosida barter yo‘li bilan hisob-kitob qilish mutlaq ta’qiqlangan edi. O‘zbekiston paxtani faqat valyuta evaziga sotishga ruxsat berar edi. Shu sababdan O‘zbekiston Belarusga paxta yetkazib bera olmagan.

Belarus prezidenti Baranovichiga ikkinchi safar kelganida haliyam paxta yo‘qligini ko‘rib jahli chiqqan. Muammoning sabablarini  surishtirib o‘tirmasdan O‘zbekiston Birinchi prezidenti haqida, o‘z va’dasida turmasa u qanday prezident - qabilidagi gaplarni aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu gaplar Islom Karimovgacha yetib borgan. Shundan so‘ng bir necha yilga O‘zbekiston OAVlarida Belarus va uning prezidentini nomini tilgan olish ta’qiqlangan.

KXShT mojarosi  

2011 yilda Belarus prezidenti KXShT davlatlari rahbarlari uchrashuvida O‘zbekistonni Tashkilotdan chiqarish kerak, degan mavzuda doklad o‘qiydi.

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishIslom Karimov va Aleksandr Lukashenko Ashxobodda bo‘lib o‘tgan "Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlik" mavzusidagi anjumanda. 2015-yil dekabr.
Prezidentlar do‘stligi - davlatlar do‘stligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov va Aleksandr Lukashenko Ashxobodda bo‘lib o‘tgan "Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlik" mavzusidagi anjumanda. 2015-yil dekabr.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2006-yilad KXShTga qayta a’zo bo‘lganidan keyin tashkilotning bir qator muhim hujjatlarini ratifikatsiya qilmagan edi.

“Biz bir qator ichki muammolarimizni hal qilib olishimiz kerak, avvalombor ayrim masalalar bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi bo‘yicha. Bu allaqachon hammaga ma’lum va bundan hech qayoqqa qochib bo‘lmaydi”, - degan edi Leksandr Lukashenko.  

Belorussiya prezidentining dokladini Toshkentda O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashish deb baholashdi.

Ushbu voqeadan biroz vaqt o‘tib O‘zbekiston KXShTdan rasman chiqmagan bo‘lsada, ushbu tashkilotda o‘zining a’zoligini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.  

Prezidentlar bahslashuvi

Islom Karimov hech qachon omma oldida Belarus rahbariga nisbatan salbiy ma’noda gapirmagan, lekin  bir safar ikki prezident biroz bahslashishgan.

2015 yil G‘alaba kuni oldidan MDH rahbarlari Moskvada uchrashishgan. Belarus prezidenti G‘alabani bo‘lish bilan shug‘ullanmasdan uni barcha Sovet xalqlarning umumiy hissasi deb hisoblashga chaqirdi.

Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini o‘rganadi

“Biz doimo G‘alaba yagona va bo‘linmas deymiz. Biz hisobchilar emasmiz, biz bu yerda u yoki bu xalqning urushga qo‘shgan ulushining katta yoki kichikligini hisoblab o‘tirishimiz kerak emas. G‘alaba rus, belorus, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek yoki tojik millatiga emas – butun Sovet xalqiga, ushbu Buyuk g‘alaba buyuk Sovet xalqiga tegishli deb hisoblashimiz kerak”, - degan edi Belarus rahbari.

Bunga javoban O‘zbekiston prezidenti “bu yerda be arifmetika yoki buxgalteriya emas degan gaplar aytildi. Mening fikrimcha bunay deyish noto‘g‘ri. Albatta urush barcha respublikalar uchun juda og‘ir sinov bo‘ldi. Lekin, shunga qaramasdan, g‘alabada rus xalqining alohida o‘rni bor. Men har bir so‘zim uchun javob berishga tayyorman. Fashizm bilan bo‘lgan kurashning eng og‘ir yuki, ulkan insoniy va material yo‘qotishlari Rossiya xalqlari zimmasiga tushdi”, - degan edi Islom Karimov.  

Yangi davr -  do‘stlik davri

O‘zbekiston Birinchi prezidentining vafotidan keyin, MDH barcha mamlakatlari rahbarlari uning dafn marosimiga tashrif buyurishdi. Belarus prezidenti o‘z hamdardligini masofadan turib bildirdi va o‘rniga bosh vazir Andrey Kobakovni yubordi.

 Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi

“O‘zini davlat va xalq xizmatiga bog‘ishlagan porloq yetakchi dunyoni tark etdi. Hamurtlari va butun dunyodagi do‘stlari  Islom Abdug‘aniyevich nomini Mustaqil O‘zbekistonning oyoqqa turishi bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk siyosiy va jamoat rahbari sifatida eslab qolishadi”, - degan edi Lukashenko o‘shanda.   

Lekin  2016yil oktabrida O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida Aleksandr Lukashenko Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan uchrashib u kishiga o‘z hamdardligini shaxsan bildirgan. Shundan so‘ng Belarus rahbari Islom Karimov qabriga tashrif buyurib u yerga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev davrida ikki mamlakat munosabatlari jadal o‘zgara boshladi. Minskda vanihoyat O‘zbekiston elchixonasi paydo bo‘ldi. Belarus prezidenti esa O‘zbekiston rahbarini mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar uchun samimiy olqishlay boshladi. Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni bir necha bor “do‘stim” deb atadi.

“Oxirgi bir yil davomida biz do‘stim Shavkat (Shavkat Mirziyoyev) bilan belarus – o‘zbek munosabatlarida o‘tgan 20-yil ichida bajarilgan ishlardan ko‘p ish qildik”, - degan edi Aleksandr Lukashenko.

Yana bir qiziqarli fakt: Belarusning sobiq bosh vaziri Vacheslav Kebich ma’lum qilishiga ko‘ra, Karimovlar oilasida belarus qoni ham bor. Buni Birinchi prezidenting kenja qizi ham tasdiqlagan edi. “Mening buvim belorussiyalik. Urush vaqti buvam - Farg‘onalik o‘zbek uni Quvasoyga olib kelgan”, - degan edi Lola Karimova-Tillayeva o‘z Instagramida.

Yangiliklar lentasi
0