TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Grodno viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishidagi Belarus tajribasiga qiziqmoqda, deb xabar qildi Belarus Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov boshchiligidagi delegatsiya Belarus AESi axborot markazida bo‘ldi hamda bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Belarus AESi Ostroves shahri yaqinida barpo etilmoqda. AES ikkita energiya blokidan iborat bo‘ladi. Birinchi energoblok 2019-yilda, ikkinchisi 2020-yilda ishga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyi oxirida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra Rossiya Navoiy viloyatida AES qurishini ma’lum qilgandi.