Xodjayeva: qishloq ayollariga oson emas, lekin hayot ularni tadbirkor bo‘lishga majbur qiladi

Obuna bo‘lish
Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva qishloq ayollari qanday qilib mustaqil bo‘la olishi haqida gapirdi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Qishloq ayollariga oson emas, lekin hayot ularni tadbirkor bo‘lishga majbur qiladi, dedi Sputnik muxbirining "Qishloqdagi ayollar qanday qilib biznes-lediga aylanishlari mumkin, axir ularning 4-5 nafardan farzandlari bor" degan savoliga javoban Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva.

Jenshina tkot kover - Sputnik O‘zbekiston
Ayollar bilan bog‘liq mavjud barcha muammolarni hal qilsa bo‘ladi - Sayyora Xodjayeva
Xodjayeva qishloq ayollariga oson emasligini ta’kidlab o‘tdi.

"Siz haqsiz, qishloq ayollariga oson emas. Ular asosan farzandni dunyoga keltirish va tarbiyalash bilan shug‘ullanishgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Ammo hayot ularni biznes-ledi bo‘lishga majbur etadi. Sababi aksariyat ayollarning turmush o‘rtoqlari pul topgani chetga chiqib ketishgan, ularning ayrimlari, hatto uylanib olishga ulgurgan va shunday erlarning ayollari o‘zlarini qo‘lga olib, farzandlarini mustaqil oyoqqa turg‘azishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, biznes-lediga aylanishlari kerak bo‘ladi", — dedi Sputnik muxbirining savoliga javoban Xodjayeva.

Eslatib o‘tamiz, Xodjayeva ilgariroq Sputnik nashriga bergan intervyusida "Zamonaviy ayol qanday bo‘lishi kerak?" degan savolga javoban zamonaviy standartlar ayol gardaniga ko‘p narsalarni yuklayotganini, va shundan kelib chiqib, zamonaviy ayol — bu o‘zining reproduktiv funksiyalarini hayotga tatbiq etayotgan, oiladek muqaddas maskanning qo‘riqchisigina emas, balki biznes-ledi, kuchli va mustaqil, aniq maqsadli, shu bilan birga ayollik latofatini yo‘qotmagan shaxs bo‘lishi kerak", — degan edi.

Yangiliklar lentasi
0