XTV maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

© Mejdunarodniy press-klubV Tashkente v ramkax zasedaniya Mejdunarodnogo press- kluba obsudili voprosi obespecheniya obsheobrazovatelnix shkol uchebnikami v novom uchebnom godu.
V Tashkente v ramkax zasedaniya Mejdunarodnogo press- kluba obsudili voprosi obespecheniya obsheobrazovatelnix shkol uchebnikami v novom uchebnom godu.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Darsliklarning yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishingizni so‘raymiz. Shuningdek, ularning elektron shaklidan chop etishingiz ham mumkin, deyiladi XTV murojaatida

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Darsliklarning nashr etish jarayoni noto‘g‘ri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va o‘z vaqtida yetkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, deb xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

"O‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2018-2019 o‘quv yilida 1-11 sinflarga mo‘ljallangan darsliklarning elektron shakllari www.eduportal.uz axborot-ta’lim portaliga joylashtirilgan.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev o‘zbek iqtisodiy mo‘’jizasini yaratadigan qarorni imzoladi - Sherzod Shermatov

Darslik mualliflari mutaxassislarning fikrlarini bilii va kelgusida darsliklarni takomillashtirish va yaxshilash maqsadida, ushbu portalda bosqichma-bosqich har bir darslik bo‘yicha sharh berish imkoniyati beriladi", - deyiladi xabarda.sh

Shu bilan birga, darsliklarni tayyorlash va joylarga yetkazish bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilganda, bir qator muammolar aniqlangan, jumladan darsliklarning nashr etish jarayoni noto‘g‘ri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va o‘z vaqtida yetkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek, mualliflar bilan ishlash va original darsliklarni tayyorlashdagi qiyinchiliklar, darsliklarni muddatida chop etilmaganligi tufayli, nashriyotlar bilan shartnoma muddatlarining uzaytirilishi, logistika muammolari ham darsliklarni o‘z vaqtida yetkazib berilishiga to‘siq bo‘lgan.

Shu munosabat bilan, o‘tgan o‘quv yilining boshiga qadar darsliklarning umumiy sonidan 47 %i yetkazilgan, qolgan qismi esa butun o‘quv yili davomida (may oyiga qadar) yetkazib berilgan.

Shermatov Sherzod - Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Shermatov yoshlarning o‘qishga motivatsiyasini oshirish bo‘yicha rahbarlarga murojaat bilan chiqdi

Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida xalq ta’limi vazirligining mutaxassislari darsliklarning belgilangan muddatda joylarga, jumladan, chekka hududlarga yetkazib berishni optimallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ro‘yxatini ishlab chiqilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, muhim yutuqlarga erishilgan va bugungi kunda darsliklarning 94 %i ta’lim muassasalariga topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, maktablardagi rejalashtirilgan o‘quvchilar soni va haqiqiy o‘quvchilar sonidagi farq tufayli, hozirgi kunda ba’zi bir darsliklarning maktablardan maktablarga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.

"Har kuni vazirlik mutaxassislari, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borishmoqda. Shu munosabat bilan, darsliklarning yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishingizni so‘raymiz. Shuningdek, ularning elektron shaklidan chop etishingiz ham mumkin", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0