Mirziyoyev o‘zbek iqtisodiy mo‘’jizasini yaratadigan qarorni imzoladi - Sherzod Shermatov

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining ta’lim sohasida qabul qilingan eng so‘nggi qarori keng qamrovli islohotlarni boshlab beradigan qarorlarning debochasi bo‘ldi, deb ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda inson kapitaliga sarmoya kiritish muhim. Prezidentimiz mamlakat iqtisodiyotining uzoq muddatli o‘sishini o‘ylagan holda, Hukumat oldiga jamiyatda o‘qituvchilar obro‘sini oshirish vazifasini qo‘ydi, dedi juma kuni XPK sessiyasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Filial shkoli v Chirakchinskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Shermatov Yaponiyada mashhur rivoyatdan misol keltirdi.

"Yaponiya davlat rahbaridan "Yapon iqtisodiy mo‘’jizasi siri nimada?" deb so‘rashganida, u "Yaponiyada o‘qituvchilarga imperatorlik hurmati, diplomatlar dahlsizligi va vazirlar maoshini berishadi", deb javob bergan ekan. Prezidentimiz ham hukumat oldiga shu vazifalarni belgilab berdilarki, ya’ni bundan buyog‘iga iqtisodiyotimizning uzoq muddatli o‘sishini istaydigan bo‘lsak, birinchi navbatda inson kapitali, birinchi navbatda jamiyatimizda o‘qituvchilarning hurmatini oshirishga e’tibor qaratishimiz kerak", - deb ta’kidladi vazir.

Xalq ta’limi vaziri o‘z nutqida bundan buyog‘iga O‘zbekistondagi o‘qituvchilarning dahlsizligi to‘liq ta’minlanishi, ya’ni ular har qanaqangi burokratik ishlardan, qog‘ozbozliklardan holi bo‘lishlari, o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar - mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari, obodonlashtirish kabi ishlardan ozod etilishi haqida aytib o‘tdi.

Qarorda o‘qituvchilarning oyligini ko‘tarish, ularga rag‘batlantirish choralari ko‘zda tutilgani alohida ta’kidlandi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 14-avgustda imzolangan "Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora tadbirlari to‘g‘risidagi" qaror - keng qamrovli islohotlarni boshlab beradigan, tarixiy hujjat bo‘ldi, deya xulosa qildi Sherzod Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro press klubning 24-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasi "Maktab ta’limi, islohotlarning yangi bosqichidagi muhim o‘zgarishlar va muammolar tahlili" mavzusiga bag‘ishlandi.

Yangiliklar lentasi
0