TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Bugun Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida 12ta hujjat imzolandi, deb xabar qildi Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Quyida imzolangan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:
1. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida yoshlar sohasida xamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va yerlarni uzlashtirish vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum;
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi o‘rtasida arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim;
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish tug‘risida Bitim;
8. O‘zbektiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi;
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini vizadan ozod etish to‘g‘risida Bitim;
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan Misr Arab Respublikasi Investitsiyalar va erkin xududlar bo‘yicha Bosh direksiyasi o‘rtasida ikkitomonlama investitsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida anglashuv Memorandumi;
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;
12. O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.