Misr bilan turizm, islom madaniyati va sport sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba prezidentaPrezident Yegipta Abudulfattax as-Sisi
Prezident Yegipta Abudulfattax as-Sisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misr va O‘zbekiston turizm, islom madaniyati, islom tadqiqotlari sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilishi mumkin.  

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan Misr va O‘zbekiston prezidentlarining keng doiradagi uchrashuvida ikki mamlakat qaysi sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkinligi aytildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Turizm sohasida aloqalar

Misr turizm sohasida katta salohiyat va tajribaga ega mamlakat. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ushbu tarmoq jadal rivojlanmoqda. Muzokaralarda bu sohadagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistondagi qadimiy shaharlar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun Misrdan keladigan sayyohlarni ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi. Toshkent, Qohira va Xurgada o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar aloqalar

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishildi. Misrning Al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida faol hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.

Muzokaralarda, shuningdek, qishloq xo‘jalagi, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohadardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0