TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Misr prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan keng doiradagi muzokaralarida savdo-sotiq va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xususan, O‘zbekiston Misr bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi, - deyilgan xabarda.
Misr esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, mebellar, neft-kimyo mahsulotlari, marmar, teri va plastik mahsulotlari yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taklif qildi.
Undan tashqari uchrashuvda tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya ishini faollashtirish, O‘zbekiston – Misr ishbilarmonlar kengashini tashkil etishga kelishib olindi.
Shuningdek, eksport faoliyatida transport xarajatlarini kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Muzokaralarda, shuningdek, qishloq xo‘jalagi, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohadardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.