Milliy gvardiyaga kontrakt bo‘yicha xizmatga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana vo vremya ucheniy
Voyennoslujashie Uzbekistana vo vremya ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov yakka tartibda suhbat, harbiy-professional tanlash, tibbiy ko‘rikdan iborat uch bosqichda amalga oshiriladi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
"Milliy gvardiya nima uchun tashkil etildi?" - yangi hujjatli film yaratilishi tarixi

Nizomga muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi va tanlovda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) va safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar, oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar, muqaddam oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar qatnashishi mumkin.

Tanlov yakka tartibda suhbat, harbiy-professional tanlash, tibbiy ko‘rikdan iborat uch bosqichda amalga oshiriladi.

Nizomga muvofiq, nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

Faxriy qorovul bo‘linmalariga — 185 santimetrdan past bo‘lmasligi;

Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past bo‘lmasligi;

boshqa barcha bo‘linmalarga — 180 santimetrdan past bo‘lmasligi lozim.

Rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi

Shuningdek harbiy-professional tanlash tadbirlari umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, individual-psixologik o‘rganish bosqichlarida amalga oshiriladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1-yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov bo‘lib o‘tgan kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Individual-psixologik o‘rganish test shaklida amalga oshiriladi.

Test sinovlarini 2 oydan keyin qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda 1-yil davomida qayta topshirishlar soni 2 marotabadan oshmasligi lozim.

Yangiliklar lentasi
0