"Milliy gvardiya nima uchun tashkil etildi?" - yangi hujjatli film yaratilishi tarixi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Milliy gvardiya faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli namoyish etilishi kutilmoqda

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Bugun, 28-avgust kuni soat 20:30 da "O'zbekiston 24" telekanalida Milliy gvardiya faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri, naxodashiysya s ofitsialnim vizitom v SSSR, vo vremya osmotra uzbekskogo kolxoza Kzil Uzbekistan. 1965 g. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Hindistonning sobiq bosh vaziri - Shastri haqida film suratga olinadi

Film ssenariy muallifi jurnalist Fozil Farhod Sputnik muxbiriga filmning yaratilishi tarixi, hujjatli filmda suratga olish jarayoniga kimlar jalb etilgani haqida so‘zlab berdi.

"Film ijodiy guruhi shu darajada qattiq ishladi-ki, bu jarayon xotiramizdan bir umr chiqmasa kerak. Masalan, filmning boshlanishiga bizga quyosh chiqishi va uning fonida milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining yugurayotgan sahnasi kerak edi. Jizzaxdamiz. Milliy gvardiyachilar bizga Amir Temur darvozasini taklif qildi. Tong soat 4 atrofida oqaradi, biz esa ungacha tasvirga olish joyiga yetib borishimiz kerak. Aksiga olib, syomka maydonimizni avvaldan ko‘rmaganmiz. Xudoga tavakkal qilib, soat 02:30 da turib, uchdan o‘tganda toqqa yo‘l oldik va tog‘ tepasiga kameralarimizni o‘rnatdik. Quyosh tasvirdan tashqarida chiqib qolish xavfi ham bor edi. Ammo, ukr, unday bo‘lmadi. Kutganimizday go‘zal kadrni tarixga muxrladik”, - deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, u film ssenariysini joriy yil iyul oyining 10 sanasidan yozilishi boshlagan va xomaki varianti bir hafta ichida tayyor bo‘lgan.

Tasvirga olish ishlari Toshkent viloyati tumanlarida, Jizzax shahrida, Forish tumanida, Toshkent shahrida kechgan.

Rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi

"Avgustning boshida tasvirga olish ishlarini yakunlab, montajga o‘tirdik. Naqd bir oycha vaqt ketdi unga ham. Hatto Jizzaxda yaxshi chiqmagan stend-apimizni tongda ikki avtobus milliy gvardiya yigitlari bilan Chorvoq suv ombori tepasiga chiqib, qayta yozib keldik. Filmda katta ijodiy jamoa mehnat qildi. Film ssenariysi muallifi sifatida film oxiridagi titrda kichik mehnati singan insonlarni-da, qoldirmay, hamma-hammaning ismi-sharifini kiritdim. Ijodiy guruhga haydovchilarning ismi-familiyasini yozayotganimda hamkasblarimdan biri hazil qilib luqma ham tashladi: "Oshxonadagi oshpazlar ham qolib ketdi, ularni ham yozing!" - deb. Kimnidir qoldirib ketsam adolatsizlik bo‘lardi”, - deb qo‘shimcha qiladi ijodkor.

Ta’kidlanishicha, film qahramonlari milliy gvardiya harbiylaridan tanlangan.

"Chunki kuzatganimda ular orasida, qiyofasi aktorlarnikidan-da, a’lo chehralar bor edi. Masalan, Jizzax shahrida Mirsodiq ismli milliy gvardiyachi yigitni oilasi bilan birga tasvirga oldik. U ko‘p vaqti ishda o‘tishi, lekin shunga qaramay, oilasiga, ikki farzandiga mehr berishga harakat qilishini so‘zlab berdi", - deb bo‘lishadi jurnalist.

Fozil Farhod filmdan "ko‘nglim to‘ldi" deb ayta olmasligini tan oladi.

Negaki, ta’til mahal bo‘lgani bois, milliy gvardiya ta’lim muassasalarida to‘liq syomka qilishning imkoni bo‘lmadi. Ssenariyda ko‘rsatilgan ba’zi sahnalar tasvirga olinmasdan qolib ketdi. "Boriga-baraka"deyishdan o‘zga choramiz qolmadi. Filmda biz endigina tashkil etilganiga bir yil bo‘lgan maxsus harbiy bo‘linmaning faoliyatiga nazar tashlashga, ularni ochib berishga, umuman odamlarning: “"gvardiya nima o‘zi? U nimaga tashkil bo‘ldi?" degan savollariga javob berishga harakat qildik. Bu vazifani qanchalik uddalay oldik yo yo‘q, bilmadim, bahoni tomoshabin beradi", - deb suhbatga yakun yasadi ssenariy muallifi.

Yangiliklar lentasi
0