Afg‘oniston Moskvada sentabr boshida o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq, Rossiya TIV 4-sentabrda o‘tkaziladigan Moskva formatidagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan AQSh ham taklif qilingani haqida xabar berilgandi

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Afg‘oniston TIV sentabr boshida Moskvada o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvda Qobul ishtirok etmasligi haqida bayonot berdi, deb xabar qildi Tolo News telekanali Afg‘oniston tashqi siyosiy mahkama vakiligi tayangan holda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar Moskvaga kelayapti

"Tinchlik o‘rnatish bo‘yicha jarayon Afg‘oniston Islom Respublikasi rahbarligi ostida o‘tkazilishi kerak. Biz Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etmaymiz", — deya bayonot qilgan vazirlik vakili Sibxgat Ahmadiy. Telekanal xabariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati shu paytga qadar muzokaralarga rasmiy taklifnoma olgani yo‘q.

Ilgariroq, Rossiya TIV 4-sentabrda o‘tkaziladigan Moskva formatidagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan AQSh ham taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi ushbu yig‘ilishga Doxa shahridagi toliblar harakatining siyosiy ofisi rahbariyatini ham taklif etganini qayd etib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0