Toshkentda Hindistonning sobiq bosh vaziri - Shastri haqida film suratga olinadi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri, naxodashiysya s ofitsialnim vizitom v SSSR, vo vremya osmotra uzbekskogo kolxoza "Kzil Uzbekistan". 1965 g.
Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri, naxodashiysya s ofitsialnim vizitom v SSSR, vo vremya osmotra uzbekskogo kolxoza Kzil Uzbekistan. 1965 g. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston va Pokiston o‘rtasida 1966-yilning 11-yanvarida Toshkentda bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari vaqtida Hindiston Bosh vaziri Lal Bahodur Shastri kutilmaganda vafot etadi. Hodisa erishilgan tinchlik sharafiga uyushtirilgan banketdan so‘ng yuz bergani tufayli, oliy darajadagi mehmon zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida gumonlar paydo bo‘ladi...

TOShKENT, 5 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Buyuk hind siyosatchisi Lal Bahodur Shastri haqidagi filmning ayrim lavhalari Toshkentda suratga olinadi. Bu haqda shu kunlarda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.

Hindistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hind kinosi va musiqiy kliplari suratga olinadi
Xabarga ko‘ra, Mumbayning "Dimaz Agastyaa Productions Private Limited" kompaniyasi vakillari "O‘zbekkino" agentligiga siyosatchi haqidagi qisqa metrajli filmning ayrim lavhalarini Toshkentda suratga olish to‘g‘risida taklif bildirishgan. Ta’kidlanishicha, filmda Hindiston sobiq bosh vazirining hayoti va faoliyati, Toshkent deklaratsiyasi hamda siyosatchining Toshkentda favqulodda vafot etishi to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Bularning barchasi aslida qanday ro‘y bergan, SSSRning tinchlik o‘rnatish bo‘yicha tashabbusi nega butun dunyoda shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi va diplomatning kutilmaganda hayotdan ko‘z yumishiga aslida nima sabab bo‘lgani to‘g‘risida Sputnik muxbiri bilan suhbatda ushbu tarixiy jarayon guvohlaridan biri — siyosatshunos Muhammadjon Qodirov so‘zladi.

Tinchlik o‘rnatishga G‘arbning kuchi yetmadi

"1965 yilning avgust-sentabr oylarida Hindiston va Pokiston o‘rtasida qurolli mojaro yuz berdi. Pokistonning munozarali hudud — Kashmir shtatining Hindistonga qarashli qismida qo‘zg‘olon ko‘tarishga urinishidan boshlangan mojaro, tez orada ikki davlat o‘rtasidagi chegara oldi urushiga aylanadi.

Urush o‘ta jiddiy tus olayotgandi, o‘z atom bombalariga ega bu ikki davlat bir-biriga tahdid qilishni to‘xtatmas, ular bor kuchlarini o‘rtaga tashlashgan edi. G‘arbning raqiblarni yarashtirish uchun qilgan hech bir harakati natija bermasdi, omadsiz yakunlanar edi.

Sobiq Ittifoq o‘sha vaqtlarda Pokistondan ko‘ra Hindistonga do‘stroq edi. Pokiston o‘sha vaqtlarda Amerikaning SENTO bo‘yicha ittifoqdoshi edi. Lekin sobiq Ittifoqning obro‘yi Amerikaniki bilan teng edi", — deydi eskpert.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi urush eng qizg‘in nuqtaga yetganida, tomonlar endi buni qanday to‘xtatish yoki endi qanday yo‘l tutish kerakligi haqida o‘ylanib turgan bir vaqtda, SSSR Hindiston va Pokistonni yarashtirish tashabbusi bilan chiqadi. 1966-yilning yanvarida Toshkent konferensiyasini o‘tkazish qarori qabul qilinadi va unda bir-biri bilan urushayotgan tomonlar ishtirok etishga rozilik beradilar.

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri s suprugoy posetili Tashkentskiy tekstilniy kombinat
Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri s suprugoy posetili Tashkentskiy tekstilniy kombinat - Sputnik O‘zbekiston
Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri s suprugoy posetili Tashkentskiy tekstilniy kombinat

Toshkentga uchib kelgan delegatsiyaga SSSR Vazirlar mahkamasi raisi Aleksey Kosigin rahbarlik qilgan.

Ekspertning aytishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralargacha har ikkala tomon bilan aloqada bo‘lib turgan Kosigin Hindiston tomonga ham, Pokiston tomonga ham mabodo agar ular Toshkentda bir stol atrofida jamlanishni istashmasa, Moskva har ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyorligini ham ma’lum qilgan.

Nega aynan Toshkent tanlangan edi?

Bugungi kunda O‘zbekiston SSR, Sharof Rashidov rahbarligi davrida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni haqida gap boradigan bo‘lsa, siyosatchilar va ekspertlar aynan Rashidov davrida O‘zbekistonning xalqaro sahnadagi obro‘yi oshib ketgani haqida e’tirof etishadi. Nega deganda Hindiston bosh vaziri Lal Bahodur Shastri va Pokiston prezidenti Muhammad Ayub-xon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston SSR rahbari — Sharof Rashidov ham faol ishtirok etgan.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obro‘ga ega bo‘lgan? - Xos soqchi xotiralari

"Nega aynan Toshkent tanlangan edi?" degan savolga javob berar ekan, ekspert bu shahar muzokaralar uchun qulay bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

Ekspertga ko‘ra, o‘sha vaqtda diplomatik korpuslar, elchixonalar bilan to‘lib toshgan Moskvada, razvedkachilar ham borligi ehtimoldan xoli emasdi. Toshkent esa o‘sha vaqtlarda nafaqat SSSR hududi sanalgan, balki Hindiston va Pokistonga yaqin, diplomatik korpuslardan deyarli ozod shahar bo‘lgan.

Tinchlik bitimi va Shastrining favqulodda o‘limi

Tarixiy voqea guvohi bo‘lgan Qodirovning so‘zlashicha, 1966-yilning qish faslida Toshkentga Pokiston prezidenti Ayub-xon keladi.

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Indii Lal Baxadura Shastri s prezidentom Pakistana Muxammedom Ayyub Xanom
Premyer-ministr Indii Lal Baxadura Shastri s prezidentom Pakistana Muxammedom Ayyub Xanom - Sputnik O‘zbekiston
Premyer-ministr Indii Lal Baxadura Shastri s prezidentom Pakistana Muxammedom Ayyub Xanom

"Men o‘sha paytlarda talaba edim, Pokiston prezidenti va Hindiston Bosh vazirini kutib olish marosimida ishtirok etganman. Kosigin boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga muzokaralardan 2 kun oldin yetib kelishgan edi.

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishPrezident Pakistana Muxammed Ayyub Xan, premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri i predsedatel Soveta Ministrov SSSR Aleksey Nikolayevich Kosigin
Prezident Pakistana Muxammed Ayyub Xan, premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri i predsedatel Soveta Ministrov SSSR Aleksey Nikolayevich Kosigin - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Pakistana Muxammed Ayyub Xan, premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri i predsedatel Soveta Ministrov SSSR Aleksey Nikolayevich Kosigin

So‘ngra Pokiston prezidenti Ayub-xon kelgan. Pokiston rahbari karnaylar sadosi ostida tantanali ruhda kutib olingan. O‘shanda Ayub-xonning qanchalik hayron qolganiga guvoh bo‘lganman. Karnay pokistonliklarda urushga chorlash uchun vosita ekan…

Oradan uch soat o‘tib Shastri boshchiligidagi delegatsiya kelgan. U ozg‘in jussali, vazni atigi 46 kilogramm bo‘lgan kishi ekan. Go‘sht yemas ekan.

Toshkentda ikki kun qolishgan Shastri va Ayub-xon bitta zalda faqatgina kelganlarining ikkinchi kunida uchrashishdi. Bunda albatta, Kosiginning roli katta edi. U deyarli iloji bo‘lmagan ishni amalga oshirdi: yarim tunga kelib Hindiston va Pokiston o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi.

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri (sprava tretiy) vo vremya vistupleniya na ofitsialnom otkritii vstrechi s prezidentom Pakistana Moxammedam Ayyubom Xanom v Tashkente
Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri (sprava tretiy) vo vremya vistupleniya na ofitsialnom otkritii vstrechi s prezidentom Pakistana Moxammedam Ayyubom Xanom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Premyer-ministr Indii Lal Baxadur Shastri (sprava tretiy) vo vremya vistupleniya na ofitsialnom otkritii vstrechi s prezidentom Pakistana Moxammedam Ayyubom Xanom v Tashkente

Ushbu munosabat bilan katta banket uyushtirilib, banketdan keyin bir soat o‘tib, Shastri o‘zini yomon his eta boshlagan.

Ertasiga, 1966-yilning 12-yanvar kuni omma tinchlik muzokaralari yakuniga yetgani hamda Hindiston Bosh vazirining favqulodda vafot etganligi haqida xabardor etiladi.

Shastrining o‘limi sababi

Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, 12-yanvar kuni ko‘plab chet el ommaviy axborot vositalari Toshkentda Hindiston va Pokiston delegatsiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan tinchlik muzokaralari yakunlangani sharafiga uyushtirilgan banketda Lal Bahodur Shastri zaharlanganligi to‘g‘risidagi shov-shuvli maqolalar chop etishgan.

Ular shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi personalning bir guruhi qo‘lga olinganligi haqida xabar berishgan edi.

Sovet gazetalari esa: "SSSR Oliy kengash va Vazirlar Kengashi 1966-yil 11-yanvarda soat 1-30 da Toshkent shahrida taniqli davlat arbobi, Hindiston respublikasi bosh vaziri Lal Baxadur Shastri vafot etganligini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi", — degan xabarni o‘z sahifalarida joylashtirishgan edi.

"Tinchlik muzokaralari yakunlanganligi sharafiga uyushtirilgan banketdan so‘ng Shastri o‘zini yomon his qila boshlagan va oradan bir yarim soatlarcha vaqt o‘tib favqulodda vafot etgan. Shov-shuvlar, sobiq Bosh vazirning zaharlangani haqidagi shov-shuvlar dalilsiz mish-mishlardan boshqa narsa emasdi. Shastrining yonida u o‘zini yomon his qila boshlaganda shifokorlar bo‘lishgan va ular o‘limga qattiq charchoq sabab bo‘lgani haqida tibbiy xulosa berishgan", — deydi ekspert.

© Sputnik / Valeriy Shustov / Mediabankka o‘tishTraurniy kortej s telom premyer-ministra Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente
Traurniy kortej s telom premyer-ministra Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Traurniy kortej s telom premyer-ministra Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, 12-yanvar kuni motam marosimi tashkillashtirilgan va bunda yana talabalar ishtirok etganlar. "Shastri jasadi ortilgan tobutni Kosigin va hind delegatsiyasi vakillaridan tashqari, yaqinlargacha Shastri bilan urushib kelgan va u bilan hatto ko‘rishishdan bosh tortib kelgan Pokiston prezidenti Ayub-xon ham ko‘tarib borgan edi".

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishPoxoroni premyer-ministra Indii Lal Baxadur Shastri v Tashkente
Poxoroni premyer-ministra Indii  Lal Baxadur Shastri v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Poxoroni premyer-ministra Indii Lal Baxadur Shastri v Tashkente

Pokiston prezidenti va Kosigin Shastrining jasadi ortilgan samolyotda Hindistonga uchishdi va u yerda dafn marosimida ishtirok etib qaytishdi, deydi suhbatdosh.

Toshkent deklaratsiyasida o‘rin tutgan fojeali holatga qaramay — Hindiston va Pokiston o‘rtasida tinchlik kelishuvi, shuningdek bunda vositachilik rolini bajargan sovet diplomatiyasi butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. SSSRning xalqaro obro‘-e’tibori bir zumda kuchaydi.

Shastri esa o‘z o‘limidan keyin "Bxarat Ratna" oliy darajadagi orden bilan mukofotlangan Hindistonning birinchi fuqarosiga aylandi. Uning xotirasiga Dehlida "Vidjay Gat" memorial majmuasi ochilgan, u o‘z hayot yo‘lini yakunlagan Toshkentda ko‘chalarning biriga Shastri nomi berilgan, 1976-yilda esa,  xuddi shu shaharda uning busti o‘rnatilgan edi.

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishMemorialnaya doskam na dome-rezidensii premyer-ministra Respubliki Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente
Memorialnaya doskam na dome-rezidensii premyer-ministra Respubliki Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Memorialnaya doskam na dome-rezidensii premyer-ministra Respubliki Indii Lala Baxadura Shastri v Tashkente

Bugungi kunda bu joyni Hindistondan keladigan barcha mehmonlar ziyorat qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0