Tramp Makkeynni ulug‘lashni man etdi

© AFP 2023 / GABRIEL BOUYSSenator Djon Makkeyn
Senator Djon Makkeyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbaga o‘tar kechasi Makkeynnning vafotidan so‘ng, Tramp ta’ziya bildirilgan tvit e’lon qildi va shundan so‘ng Oq uydan rasmiy bayonot bo‘lmadi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy tomonidan senator Jon Makkeyn vafoti munosabati bilan tayyorlangan relizni ommaga e’lon qilishni taqiqladi, deb xabar bermoqda Washington Post nashri o‘z manbasiga tayangan holda.

Senator SShA D. Makkeyn posetil Odessu - Sputnik O‘zbekiston
AQShda senator Jon Makkeyn vafot etdi

Nashr xabariga ko‘ra, Oq uy xodimlari Makkeynning Vyetnam urushida qatnashgani, asirda bo‘lgani va AQShga xizmat qilgani haqida bayonot tayyorlab, unda senatorni qahramon darajasigacha ko‘tarishgan.

Prezident matbuot-kotibi Sara Sanders va Oq uy apparati rahbari Jon Kelli rasmiy reliz uchun ovoz berishganiga qaramay, Tramp tvitni ma’qul ko‘rgan.

Makkeynnning vafotidan so‘ng, Tramp dushanbaga o‘tar kechasi ta’ziya izhor qilingan tvit e’lon qildi va shundan so‘ng Oq uydan rasmiy bayonot bo‘lmadi.

Sanders intervyularda bu masalaga bog‘liq savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

Kutilmagan mehmon

Ilgariroq New York Times nashri o‘z manbasiga tayangan holda Trampni Makkeynning dafn marosimiga taklif etilmagani haqida xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, dafn marosimiga vitse-prezident Mayk Pensni taklif etishgan. Shuningdek, marosimda sobiq prezidentlar Barak Obama kichik Jorj Bushlar nutq so‘zlashlari rejalashtirilgan.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistondagi urushda yengildi - Makkeyn

Tramp va Makkeyn, bir partiya a’zolari bo‘lishlariga qaramay, bir-biriga antipatiya his qilishgan va siyosiy masalalarda ko‘pincha fikrlari bir-biriga qarshi chiqardi.

Xususan, u amerikalik yetakchining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkidagi uchrashuvini "xato" deya ta’riflagan.

"Askar va senator"

Arizona shtatidan senator-respublikachi bo‘lgan Jon Makkeynga 2017-yilda miya saratoni tashxisi qo‘yilgan. U o‘tgan hafta shanba kuni 81 yoshida vafot etdi. Ilgariroq senatorning qarindoshlari Makkeyn kasallikni to‘xtatib bo‘lmasligi sababli, uni davolatishdan bosh tortgani haqida xabar berishgan edi.

Butun dunyodan siyosatchilar Makkeyn vafoti munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirishgan edi. Xususan, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu "amerikaning buyuk vatanparvari va Isroil tarafdori" vafoti munosabati bilan "chuqur qayg‘uda"ligini e’lon qilgan edi.

Zdanie ministerstva finansov SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Germaniya rahbari Xayko Maas AQSh senatori Jon Makkeyn ovozini xotirasida saqlab qolishni va’da qilgandi.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Makkeynni "ozodlikning amerikancha tushunchasi ramzi" sifatida e’tirof etdi.

"Men u tarafdori bo‘lgan ozodlik va tinchlik Koreya yarimorolida va butun dunyoda o‘rnatilishini xohlardim", - deb bayonot qilgan Mun Chje In.

 

Rossiyalik siyosatchilar ham Makkeynning o‘limi munosabati bilan o‘z ta’ziyalarini bildirganlar.

Xususan, Rossiya Davlat Dumasi xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita raisi Leonid Sluskiy "AQSh senatori Jon Makkeyn Rossiyaning do‘sti emasdi, lekin u o‘z yurtining vatanparvari edi", - degan  va senatorning yaqinlari hamda butun amerika xalqiga chuqur ta’ziya bildirgan.

Rossiya Federatsiyasi kengashi rahbari Konstantin Kosachev AQSh senatori Jon Makkeynni, u tug‘ilgan va siyosatchi bo‘lib shakllangan "sovuq urush" davrining ko‘zgusi deb atagan. "Dunyoning "o‘zimizniki" va "o‘zgalar"ga bo‘linishi davri. U uchun Rossiya bosh dushman bo‘lgan va shundayligicha qolgan "sovuq urush" davri", - deb yozgan Kosachev o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0