AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishZdanie ministerstva finansov SShA v Vashingtone
Zdanie ministerstva finansov SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Rossiyaning qator kemalari, kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan cheklov e’lon qilingan, deb xabar qildi AQSh Moliya vazirligi

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. AQSh qator rossiya kompaniyalari va fuqarolarini sanksiya ro‘yxatlariga kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xususan, kibersanksiyalar ro‘yxatiga ikki nafar rossiyalik va ikki kompaniya - Peterburgning Vela-Marine LTD kompaniyasi va slovakiyaning Lacno S.R.O firmasi kiritilgan.

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi

Cheklovlarga kirgan fuqarolar bu - 1985-yilda tug‘ilgan Anton Nagibin hamda 1973-yilda tug‘ilgan Marina Sarevalardir. Ular sanksiya e’lon qilingan "Dayvtexnoservis" kompaniyasi bilan aloqadorligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, Vashington KXDR bo‘yicha sanksiyalarga ikki rossiya kompaniyasi (Vladivostokdagi "Gudzon Shipping" va Sankt-Peterburgdagi "Vela-Marin") oltita kemalarni kiritgan. Sanksiyalarga tushgan kemalar. bular: Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi "Bella", "Bogatir", "Neptun", "Partizan", Patriot" va "Sevastopol" kemalaridir.

AQSh Moliya vazirligi AQSh to "Moskva o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmagunga qadar" Rossiya qarshi sanksiyalar kiritishda davom etishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0