AQSh Afg‘onistondagi urushda yengildi - Makkeyn

© US Army / Staff Sgt. Shane HamannUS Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border
US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik senator Djon Makkeyn CBS News telekanali efirida AQShning Afg‘onistondagi omadsizliklari haqida so‘zladi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Vashington Afg‘onistonda o‘tkazib kelayotgan harbiy operatsiyalarda yengilmoqda, dedi CBS News telekanali efirida Amerika senatining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn. RIA Novosti xabari asosida.

"Bizda strategiya yo‘q. Biz yengilayapmiz", — deb ta’kidlagan Makkeyn.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston harbiylari tomonidan bir kunda 70 dan ortiq jangarilar yo‘q qilindi
Makkeyn, shuningdek, Afg‘oniston Milliy armiyasi "yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarni boshdan kechirayotgani" haqida qo‘shimcha qilgan.

Respublikachi-senator bu yerda bor muammo ayni vaqtda "tartibsizliklar mo‘l bo‘lgan" Oq uyga borib taqalishini qo‘shimcha qilgan.

O‘tgan haftada Makkeyn bir guruh kongressmenlar boshchiligida Afg‘onistonga safar qilgan edi. Shu safar yakunida Makkeyn Vashington va uning ittifoqdoshlari tomonidan Afg‘onistonda 16-yildan beri amalga oshirilib kelayotgan operatsiyalar hozircha kutilgan natijani bermaganligini aytgan.

Shu bilan birga, u, rasmiy Qobulga qarshi qurollangan muxolifatchi toliblarga qarshi kurash davom ettirilishi kerak, deb fikr bildirgan.

Amerikalik yana bir senator — Lindsi Grem esa  "To‘xtab qolishni zafarga aylantirish uchun" Afg‘onistonda NATO kuchlari va Amerika harbiylari soni ko‘paytirilishi kerak, degan fikrda. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda bo‘lib turgan kontingent — ya’ni 8,6 ming harbiy xizmatchilar "o‘z vazifasini bajara olmaydi".

AQSh 2001-yildan beri Afg‘onistonda harbiy operatsiyalarni amalga oshirib, mahalliy hukumatga "Tolibon" hamda "Islom davlati" terrorchilik uyushmalariga qarshi kurashda yordam berib kelmoqda. 2015-yilning 1-yanvaridan NATO Afg‘onistonga o‘zining yangi —  "Qat’iy ko‘mak" missiyasini yuborgan.

Bugungi kunda Afg‘onistonda 10 mingga yaqin Amerika harbiylari mavjud bo‘lib, ular mahalliy xavfsizlik kuchlariga yordam berib, terrorchilarga qarshi operatsiyalarni o‘tkazib kelmoqda.

AQSh Milliy razvedka xizmati boshlig‘i Deniyel Kouts fikricha "bularning barchasiga qaramay, mamlakatdagi vaziyat tobora yomon tus olmoqda va toliblar yangi-yangi hududlarni zabt etishmoqda".

Yangiliklar lentasi
0