Namanganda tadbirkordan 300 dollar pora olgan soliq rahbari qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangandagi Davlat soliq idorasi rahbari savdo do‘konini "soliqchilar hujumidan" qo‘riqlash evaziga tadbirkordan 300 dollar pora so‘ragan. Porani o‘z ishxonasida olayotgan vaqtda qo‘lga olingan

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Namanganda xususiy tadbirkordan 300 dollar pora olgan soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.

Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston
120 ming dollar talab qilgan soliqchi 10-yilga qamaldi

Xabarda aytilishicha, joriy yil 4-iyul kuni Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga tadbirkor X.Xdan murojaat kelib tushgan. Arizachining ma’lum qilishicha, 3-iyul kuni savdo do‘koniga tuman Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari - G‘.B. va T.N.lar kelib, do‘kon soliq xodimlari tekshiruvidan "xoli" bo‘lishi evaziga 300 AQSh dollari berishini talab qilishgan.

Tadbirkor murojaatidan so‘ng Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Soliqda o‘yinlar ko‘p bo‘lgan": Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganiga izoh berdi

Tadbir davomida Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi T.N. tuman DSI binosida fuqaro X.X.dan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.N. qamoqqa olingan.

Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0