TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh taftishchisi poraxo‘rligi uchun 10-yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda "dia.uz" sayti.
Xabarda yozilishicha, ismi oshkor etilmagan soliq mansabdori "PSM Group" shirkatiga tegishli firma faoliyatini tekshirib, bir qator kamchiliklarni aniqlaydi.
U kamchiliklardan ko‘z yumish evaziga kompaniya rahbaridan 120 ming dollar pora talab qiladi. Amaldor va tadbirkor o‘zaro savdolashib pora miqdorini 80 ming dollarga tushirishadi.
Tadbirkor ta’magir soliq mansabdori ustidan huquq idoralariga shikoyat qiladi va u talab etilgan miqdordagi porani olayotganda qo‘lga tushiriladi.