"Soliqda o‘yinlar ko‘p bo‘lgan": Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganiga izoh berdi

© AP Photo / Anvar IlyasovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parpiyev joriy yilning 11-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingan. 19-may kuni esa u O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining rahbarligidan ham ozod etilgan

TOShKENT, 29-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganini aytdi, deb xabar qildi "Kun uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Botir Parpiyevning TIVda ishlaydigan o‘g‘li ishdan olindi
O‘zbekiston rahbari ushbu yig‘ilishda nima uchun Botir Parpiyev ishdan olinganiga izoh bergan.

"Eksportni qilmagan odam ertaga biz bilan ishlay olmaydi. Bu o‘sha rahbar hozirgi sharoitga munosib emasligidan dalolat beradi. 1 dollar eksport qilmagan rahbar boshi bilan javob beradi. Ob-havo sharoiti og‘ir bo‘lishini ham yil boshida aytib, tegishli topshiriqlar berganmiz. Import qanday davom etayotgan bo‘lsa, shunday davom etmoqda. Prokuratura menga hech kimni javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif bergani yo‘q. Yana bir muhim masala — mahalliy budjetga tushum hajmi. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari (Botir Parpiyev)ni almashtirganim bejiz emas, sababi bizda soliq tizimi yo‘q. Hali ish ko‘p.

Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz. Ana shularning hisobga olib, endi tegishli mas’ul xodimlar har kuni eksport-importdan tashqari, tushum bilan ikki soatdan shug‘ullanmasa, tushumda tartib bo‘lmaydi. Soliqchining saviyasi yo‘q, desak bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak — soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak, — deb aytgan davlat rahbari.

Parpiyev joriy yilning 11-may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingan. 19-may kuni esa u O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining rahbarligidan ham ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0