“Uddaburon” fuqarolar duyoga mashhur brendlarni egallab olgan - Adliya vazirligi

© Sputnik / Ilya PitalevReklama fast-fuda razlichnix brendov
Reklama fast-fuda razlichnix brendov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim “uddaburon” fuqarolar mashhur brendlarni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazgani tufayli, ushbu kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga kirishga qiyinchiliklarga duch kelmoqda - Adliya vazirligi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Adliya vazirligi intellektual mulk sohasini jiddiy o‘rganib chiqmoqda. Xususan, begona brendlarni egallab olish, ya’ni -  brendreyding holatlarini, deyilgan vazirlik xabarida.

"Dunyoga mashhur qator brendlar vakillari O‘zbekiston bozoriga kirishda, brendreydingga duch kelmoqda. Negaki, aslida ularga tegishli bo‘lgan brendlar bizning “uddaburon” fuqarolarimiz nomiga ro‘yxatdan o‘tgan edi", - deyilgan vazirlik xabarida.

Buning asosiy sababi O‘zbekiston amaldagi qonunchiligida ushbu holatni oldini oluvchi, ya’ni allaqachon dunyoda mashhur bo‘lgan brendlarni O‘zbekiston fuqarolari nomiga ro‘yxatga olishni cheklovchi meyorlaring yo‘qligidir, deyilgan xabarda.

Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona eksport brendi - Best in Uzbekistan joriy qilinadi

Intellektual mulk agentligi Apellyatsiya kengashi tomonidan ilgari muayan brend huquqi ularga tegishli bo‘lgan shaxslar talabiga ko‘ra, qator dunyoga mashhur tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha avval berilgan guvohnomalarni bekor qilish hollari ham qayd etilgan.

Undan tashqari, qonunchilikda vijdonli huquq egalarining manfaatlari buzilish holatlarida, kompensatsiya undirish bo‘yicha samarali mexanizmlar ko‘zda tutilmagan.

Tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi egasining huquqlari buzilganda, jazo sifatida, eng kam oylik ish haqining 1 dan 5 darajagi jarima solinadi xolos. Bu pul yetkazilgan zarar hajmiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni to‘xtatuvchi samarali ma’muriy va jinoiy javobgarlik yo‘q.

Yuqorida ko‘rsatilgan xato va kamchiliklar mamlakatimizning intellektual mulk himoyasi bo‘yicha imidji va reyting darajasiga ham ta’mir ko‘rsatmoqda. Xususan, intellektual mulk huquqlarini o‘lchovchi jahondagi yagona ko‘rsatgich – Mulk huquqlari bo‘yicha xalqaro indeksi (IPRI) ga Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina singari davlatlar kirgan bir paytda, O‘zbekiston ushbu tashkilotda umuman ro‘yxatdan o‘tmagan.

Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyati hokimligi brendni o‘zlashtirgan muallifni sudga beradi

Yuqoridagi kamchiliklar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulkning ishonchli huqiy himoyasini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi hamda intellektual mulkni huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tayyorlandi.

Mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi e’tiborga olingan holda, loyihalar jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

Vazirlik tomonidan tayyorlangan loyihalarda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlashga qaratilgan aniq takliflar keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0