O‘zbekistonda yagona eksport brendi - Best in Uzbekistan joriy qilinadi

© Sputnik / StringerNavruz v turisticheskom komplekse "Etnomir"
Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu chora tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan hukumat loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yagona eksport brendi — Best in Uzbekistan joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Iqtisodiyot vazirligi vakili.

Torgovlya fruktami i ovoshami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston meva-sabzavotlari yagona brend ostida eksport qilinadi

Bu chora tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan hukumat loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

"Dunyoda ko‘plab davlatlar o‘z sifatli mahsulotlarini targ‘ib qilish ishlarini yagona mamlakat brendi orqali amalga oshirishmoqda. Buni jadal ravishda MDH mamlakatlarida, xususan Rossiyada ham tatbiq etishgan. Bu vazifani qisman davlatga o‘tkazish hisobiga tashqi bozorlarda marketing va reklama harajatlarini kamaytirishga yordam beradi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday chora o‘zbek mahsulotlarining dunyoda tanilishi va ularga bo‘lgan talabning bir necha bor ko‘paytirishga yordam beradi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Yangi brendni ishlab chiqish jarayoniga eng yetakchi mutaxassislar, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Bu borada ochiq tanlov e’lon qilinib, unda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Interyer moskovskogo restorana PLOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mevalari Rossiyaning eng qimmat restoranlari menyusidan o‘rin oladi
O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari ushbu brendni bepul ishlatishi mumkin bo‘ladi, lekin mahsulotlar yuqori sifat standartlariga to‘liq javob berishi zarur.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bunday brendni yaratishda ayrim xavflar ham bor. Xususan, xorij mamlakatlarga sifatsiz ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlar yetkazilishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida mahsulotlarni yagona brenddan foydalanish yoki xalqaro standarlarga muvofiqligi haqida sertifikatlashtirish tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning iyul oyi yakunida respublikada meva-sabzovotlar eksporti uchun yagona brend — UzAgro ishlab chiqilgan edi. Mazkur brend dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligi kafolati hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0